bobolarining chekkan mashaqqatlarini his etadi. Bu bayram yahudiylarning quyosh-oy kalendarining Nison oyining 14 kuni (aprel oyining o‗rtalariga to‗g‗ri keladi) nishonlanadi. Pasxadan keyingi 50-kuni yahudiylar Shabuot (Shevuot) bayramini nishonlaydilar. Bu bayram dastlab dehqonchilik bayrami bo‗lgan, keyinchalik Sinay tog‗ida Musoga Xudo tomonidan Toraning berilishini nishonlab o‗tkaziladigan bayramga aylangan. U yahudiylarning kalendari bo‗yicha Sivona oyining 6-,7-kunlari nishonlanadi. Kuzda yahudiy kalendaridagi Tishri oyining 1-2- kunlari (sentyabr oxiri, oktyabr boshlari) yangi yil bayrami - Rosh-Ashona nishonlanadi. Bu bayram yahudiylar uchun poklanish bayrami hisoblanib, ular qurbonlik qilingan qo‗chqor shoxidan yasalgan surnaylarni chaladilar, gunohlari qolmasligi uchun cho‗ntaklarini to‗ntarib yaxshilab qoqadilar. Tishri oyining 9-kuni gunohlardan poklanish bayrami - Yom-Kipur nishonlanadi. Rosh-Ashona va Yom-Kipur bayramlari o‗rtasida yahudiylar ro‗za tutadilar. Ro‗za kunlari ular yuvinmaydilar, yalangoyoq, eski-tuski kiyimlarga o‗ranib yuradilar. Sinagogada nadomatlar bilan yig‗lab tavba qiladilar. Purim (qur‘a) bayrami yahudiy bayramlarining ichida eng quvnoq hisoblanadi. Bu bayram yahudiylarning ularni qirib tashlamoqchi bo‗lgan Fors podshohi Homon zulmidan qutilganliklari sharafiga bahorda nishonlanadi. Ularni Homondan o‗z amakisi Mordexay qo‗lida tarbiyalangan Esfir ismli qizcha qutqargan. SHuning uchun bu kuni yahudiylar «Homonga la‘natlar bo‗lsin», «Mordexayga Xudoning rahmatlari yog‗ilsin», deb qichqiradilar.