Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Oʻqitishning asosiy didaktik maqsadi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Oʻqitishning asosiy didaktik maqsadi:
Ta’lim oluvchilarning oʻqish- bilim olish faoliyatini boshqarishdan iborat va 
maqsadga erishish uchun oʻqituvchi oʻzining faoliyatini bosqichma-bosqich 
amalga oshiradi.
Oʻqitish 
– bu oʻqituvchining koʻp qirrali, bosqichma-bosqich kasbiy 
pedagogik faoliyatidir. Unga oʻqituvchining konstruktiv, tashkilotchilik, 
tadqiqotchilik, kommunikativ va gnostik kabi turli-tuman faoliyati kiradi:
1.Konstruktiv faoliyat samarali ishlashi uchun har bir oʻqituvchi 
pedagogik mahoratga ega boʻlishi kerak: oʻquv predmetining har bir mavzusi 
optimal mazmun, vaqt hamda savollar boʻyicha aniq, mantiqiy taqsimlanishi; 
mashgʻulotda oʻz harakatining ketma-ket va tizimliligini qayta koʻrib chiqish, 
shuningdek, har bir mashgʻulotni oʻtkazish uchun reja asosida (ish reja) senariy 
tuzish; ta’lim oluvchilarning mashgʻulotga munosabatini belgilash (barcha 
oʻquv guruhlari va ayrim tinglovchilar): kimni chaqirish, nimani soʻrash, kimga 
qanday muammolar qoʻyishni bilish oʻqituvchi oʻz faoliyatida mashgʻulotdagi 


98 
mavjud qiyinchiliklarga oldindan koʻzi yetishi (mashgʻulotga oʻquv guruhining 
tayyor emasligi, tinglovchi, kursantlar va boshqalarning sifatli ishlar uchun 
me’yoriy hujjatlar, adabiyotlar hamda tarqatma materiallarning yetishmasligi) va 
ushbu holatdan chiqish yoʻllarini izlash;
2. Oʻqituvchining tashkilotchilik faoliyati quyidagilarda namoyon boʻladi: 
har bir mashgʻulotni oʻtkazishda har qanday toʻsiqqa qaramay, oʻzining 
oldindan oʻylab qoʻygan rejasini amalda joriy etish; ta’lim oluvchilarni 
mashgʻulotlarda uzluksiz boshqarib turish va ularda har doim oʻquv 
materiallarini idrok qilishlari uchun qiziqish uygʻotish; tinglovchilarda darsdan 
tashqari vaqtlarda turli xil oʻquv- tarbiyaviy ishlarni oʻtkazish va 
tashkillashtirish shakllarini tanlash.
3. Kommunikativ faoliyati - oʻquv-tarbiyaviy jarayonda oʻqituvchi va 
ta’lim oluvchining oʻzaro munosabati quyidagicha izohlanadi: oʻqituvchi 
nutqining mashgʻulotlarda hamisha ta’lim oluvchilarga qaratilgan boʻlishi; 
oʻqituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, tinglovchining javobini tahlil 
qilayotgan yoki tanqid qilayotgan boʻlsa ham, uning nutqi hamisha oʻzining 
ichki kuchi, ishonchi, oʻziga oshirayotgan narsaga qaratilgani bilan ajralib 
turishi; har bir tinglovchiga individual yoʻl topishi va ular bilan hamkorlik 
darajasidai ishonchli munosabat oʻrnatishi; pedagogik jamoadagi jamoadoshlar 
va tinglovchilar bilan muloqotda pedagogik ritmni kuzatish.
4. Oʻqituvchining gnostik faoliyati quyidagilarni koʻrib chiqadi: 
tinglovchilarni oʻrganish; tinglovchilarni oʻrganish uchun pedagogika va 
psixologiyaning tavsiya qilingan vosita va uslublari, usullari, shakllarining 
mazmunini yoritish; oʻz bilim va 
tajribalarini 
oshirish 
maqsadida 
pedagogik faoliyat va shaxsiyatining 
yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish. 
Oʻqituvchilarning 
yuqorida 
koʻrsatilgan 
barcha 
turdagi 
pedagogik faoliyatidida (ta’lim 
oluvchi), tarbiyaviy, tashkilotchilik, 
oʻquv-uslubiy, 
oʻquv-tadqiqot, 


99 
ijtimoiy-pedagogik va joriy etiladi. Bu vazifalar chiqishlar organlari uchun oliy 
va oʻrta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonida ta’lim va tarbiya 
tamoyillarini joriy etish boʻyicha oʻqituvchilarning ishlash texnologiyasini 
tavsiflaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin