Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 


155 
3.2. PSIXOLOGIK TANLOV 
3.2.1. Psixologik tanlov va kasb tanlash 
Mutaxassisni tanlash (baholash) fikri bugungi kundagi kashfiyot emas. 
Zamonaviy tanlov tarixi asrlar davomida shakllanib kelgan. A.A.Bodalyov va 
V.V.Stolinning fikricha, u turli qobiliyatlar, bilim, koʻnikma va malakalarni 
sinash bilan bogʻliq. Eramizgacha 3 ming yillik oʻrtalarida qadim Vavilondagi 
bitiruvchilarda sinovlar oʻtkazilgan. Qadim Misrda din peshvolarini bir qator 
sinovlardan oʻtkazishgan. Suhbat olib borish koʻnikmalari, tashqi koʻrinishi, 
mehnat qilish koʻnikmalari, tinglash, olov, suv bilan sinashdan iborat boʻlgan. 
Bu sinovlar oʻzida ishonchi boʻlmagan, ta’limning uzoq muddatiga dosh bera 
olmaydiganlarni xatto oʻldirish bilan qoʻrqitishardi. Shuning uchun xar bir 
nomzodga ibodatxonaga kirishdan avval yaxshilab oʻylab koʻrish tavsiya 
etilgan. Bu sinovlar tizimini buyuk olim Pifagor engib oʻtgan. Gretsiyaga 
(Yunonistonga) qaytib oʻzi engib oʻtgan qiyinchiliklarga oʻxshash sinovlardan 
oʻta oladigan kishilarni oʻzi asos solgan maktabga qoʻygan. Pifagor intellektual 
qobiliyatlilarga katta e’tibor bergan. Shuningdek, u yoshlarning kulishi va 
yurishiga e’tibor bergan.
Eramizgacha 2200 yil avval qadimgi Xitoyda xukumatning mansabdor 
lavozimini egallashni hohlovchi kishilar qobiliyatini tekshirish tizimi mavjud 
boʻlgan. Musiqa, kamondan otish, otda yurish, yozish, hisoblash, marosimlarni 
oʻtkazish boʻyicha har 3 yilda amaldorlar shaxsan imperatorlar sinovidan 
oʻtishgan. Davlat uchun imtixonlar tizimi eng qobiliyatli, iqtidorli kishilarni 
tanlash vositasi edi.
Oʻrta asrlar davomida ham turli imtixonlar oʻtkazilgan. Vyetnam 
davlatida atigi ikki yil davomida (1370-1372) barcha xarbiy va fuqarolik 
amaldorlarining qayta attestatsiyasi oʻtkazildi. Bu butun mamlakat boʻyicha 
davlat apparatlarini tekshirishdan oʻtkazish imkonini berdi. Natijada Vyetnam 
yanada kuchli feodal mamlakatga aylandi.
XV asrda sinovlar tartibga solindi. Ular bosqichlar va tur buyicha 
oʻtkazilardi. Imtihonda oliy darajalarga erishish hurmatga sazovor boʻlish 
hisoblanardi. Bugungi kunda tanlov davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining 


156 
ishchilarini faoliyat ma’sulligini, professionalizmi, malaka darajasini belgilash 
uchun oʻtkaziladi. Birinchi navbatda tanlov mutaxassisning egallab turgan 
lavozimiga kasbiy muvofiqligini aniqlashga qaratilgan. Faoliyat muvaffaqiyatini 
prognozlash psixologik koʻrsatkichlar asosida olib boriladi. U faoliyatda 
oʻrgatish jarayonini optimallashtirish uchun muhim oʻquv guruhlarini tuzishda, 
individual yondashishni tashkil etishda va boshqa hollarda qoʻllaniladi.
Koʻpincha faoliyat muvaffaqiyatini prognozlash insonning u yoki bu 
faoliyatga toʻgʻri kelishi psixologik tanlov oʻtkazish yoʻli orqali amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin