Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

X o t i r a
- bu 
tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni 
eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va 
unutish bilan bogʻliq murakkab jarayondir. 
Xotira har qanday tajribamizga aloqador 
ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir. Inson 
his qilgan barcha narsa va hodisalar izsiz 
yoqolmaydi. Ular ma‘ulm miqdorda xotirada 
saqlab qolinadi, ustahkamlashib va kerak 
boʻlganda qayta esga tushiriladi. Esda olib 
qolish, esga tushirish va unitishga namoyon boʻladigan aqliy faoliyat xotira 
deyiladi. Xotirani tajriba asosida psixologiya fanida tadqiq etish XIX asrning 
80- yillariga toʻgʻri keladi. 1885 yilda nemis psixologik Ebbingaus xotirlab 
qolish jarayonlari haqida kitobni yaratadi. Xotira jarayonining asoslari uch 
yoʻnalishda oʻrganilgan: psixologik, neyrofiziologik, bioximik. Xotira 


116 
jarayonlariga esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitish jarayonlari 
kiradi. Esda olib qolish qabul qilinayotgan predmet va hodisalarni tasavvurlar 
sifatida qabul qilishdir. Esda olib qolish – xotira, materiali boʻlib, qayta esga 
tushirish xotira mazmunidir. Esda olib qolish mexanik va mantiqiy, ixtiyoriy va 
ixtiyorsiz boʻladi. Mexanik esda olib qolish tashqi bogʻlanishlar orqali xotirlab 
qolish bilan bogʻliqdir. Mantiqiy esda olib qolish ichki ma‘noga ega boʻlgan 
bogʻlanishlarni xotiralashdir. Ixtiyorsiz xotira oldindan maqsad qoʻyilmagan, 
material tanlanmagan holda yuz beradi. Ixtiyoriy xotira maqsad qoʻyilib, 
material tanlangan holda amalga oshiriladi. Maxsus usullar- bu aktiv (qayta 
gavdalantirish) va passiv (bitta materialni qayta idrok etish). Xotira jarayonida 
vaqtning ahamiyati katta. U uzluksiz va taqsimlangan boʻladi. Vaqtning 
taqsimlanishi M.N.Shardakovning tadqiqotlarida oʻz aksini topgan. Xotirada 
materialni taqsimlash ham katta ahamiyatga ega. Kichik material yaxlitligicha, 
katta material esa boʻlingan holda xotirada olib qolinishi yoki unda qoʻshma 
usulni qoʻllash samaralidir (oʻqish, anglash, qismlarga boʻlib yodlash). Esda olib 
qolinayotgan materialga shaxsiy munosabat – bu shaxsiy yoʻllanma boʻlib, har 
bir odamda oʻziga xos holda namoyon boʻladi. Esda olib qolingan materialni 
saqlash – xotira jarayoni boʻlib, unda ong harakati yuzaga keladi. Xotirada inson 
tomonidan qabul qilingan barcha narsa qoladi va ma‘lum miqdori esdan chiqadi. 
Qayta esga tushirish – esda olib qolingan materialni aktuallashtirish boʻlib, u 
uzoq muddatli xotiradan operativ xotiraga oʻtadi. Esga tushirish tanish yoki 
xotiralash, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz boʻlishi mumkin. Tanish- bu qayta koʻrganda 
esga tushirish boʻlib, u qayta ob’yektni idrok etish natijasida yuzaga keladi. 
Xotiralash – qayta idrok etishsiz esga tushirishdir. Esdan chiqarish - qayta esga 
tushirishdagi qiyinchiliklar boʻilb, u ta‘sir izlarni yoʻqotish natijasida yuz beradi. 
Esdan chiqarish toʻla. Qisman, uzoq muddatli va qisqa muddatli boʻadi. Esdan 
chiqarishda tormozlanish yuzaga kelishi mumkin. Tormozlanish ikki hilda: 
retroaktiv (qayta ta‟sir etuvchi) – vaqt bogʻliqligini yuzaga kelishi tufayli 
xotirada tormozlanish yuzaga keladi. (masalan, tarix darsidan soʻng adabiyot 
darst ta‘sirida) Proaktiv tormozlanish – oldingi faoliyatni keyingi yod olish 
jarayoniga salbiy ta‘sir koʻrsatishi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin