Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Ta’lim uchun konstruktivizmning oqibatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Ta’lim uchun konstruktivizmning oqibatlari. 
Baxtimizga, talabalarga turli tarzdagi yordam koʻrsatishda foydalanish 
mumkin boʻlgan strategiyalar mavjud, aslida ular ushbu kitobning katta bir 
qismini tashkil qiladi va pedagogik ta’lim dasturining asosiy mavzusi 
hisoblanadi. Hozir, ruxsatingiz bilan, men ulardan ikkitasiga qisqacha toʻxtalib 
oʻtaman.
Strategiyalardan birini oʻqituvchilar koʻpincha foydali deb bilishadi, u 
oʻqituvchilarga samarali oʻquv tadbirlarini tanlash va ishlab chiqish, oʻquv 
mazmunini tizimli tashkil etish imkonini beradi. Ta’lim jarayonini tashkil 
etishda keng qoʻllaniladigan ramka(chegara)lardan biri, masalan pedagog 
Bendjamin Blum tomonidan taklif etilgan tasniflash sxemasidir. U ta’limiy 
maqsadlar taksonomiyasi degan ancha salmoqli nom bilan ataladi. 
Blum taksonomiyasi, buni odatda shunday atashadi, ta’lim maqsadlarining 
olti turini yoritadi, oddiy bilimlar taqrizidan boshlab, bilimlarni kompleks 
baholashgacha oʻqituvchilar talabalardan nimani kutishi mumkinligi haqida 
ma’lumot beriladi. Blum taksonomiyasi talabalarga muhim bilimlar turlari 
oʻrtasida foydali farqlarini ishlab chiqadi, demak haqiqatdan ham talabalarning 
“yaqin rivojlanish zonasi”ga yoʻnaltirilgan faoliyatni tanlashga yordam beradi. 
Biologiya boʻlimida bir qancha oʻrganilgan atamalarni biladigan talaba 
(Blumda bilim va suxbat darajalarini tushunish muammosi), masalan, turlar 
oʻrtasidagi foydali solishtirishlarni amalga oshirishdan oldin (Blum taxlili 
darajalari), avvalo shartlarni eslab qolish va ta’riflashda qoʻllab-quvvatlashga 
muhtoj boʻladi. Maqsadni aniqlash, ushbu maqsadga erishish uchun toʻgʻri 
keladigan oʻquv tadbirlarini tanlash ekspert oʻqituvchilarning ishidir. (Bu siz), 
ammo talaba tomonidan amalga oshirilishi kerak. Ijtimoiy konstruktiv 
atamalarni kiritib, oʻqituvchi yaqin rivojlanish zonasini tashkil qiladi, bu 


110 
talabaga turlarni muvaffaqiyatli solishtirish imkonini beradi, lekin talaba yana u 
uchun solishtirishni qurishi yoki oʻzlashtirishi kerak. 
Qanday qilib talabalar talaba sifatida mexnat tajribasiga ega boʻladilar, 
ular qanday qilib oʻzlari yaxshiroq ta’lim olishlari mumkinligi xaqida oʻylash 
qobiliyatiga ega boʻlib boradilar, ularga ta’lim berish maqsadlaridan biri sifatida 
bunday refleksiyaga siz (oʻqituvchi sifatida) turtki boʻlasiz. Bu oʻzgarishlar
talabalar ta’lim olishini tashkil etish boʻyicha sizning ba’zi vazifalaringizni 
ularga yuklash imkonini beradi. Talabaning biologiyasi uchun, yuqorida
eslatilgan, misol uchun, siz na faqat solishtiruvchi turlarni qoʻllab-quvvatlash 
boʻyicha tadbirlarni rejalashtirish, balki talaba uchun bir-biriga bogʻliq 
boʻlmagan holda u yoki bu ma’lumotni egallash yoʻllarini ishlab chiqishingiz 
kerak. Oʻz-oʻzini baholash va ta’lim olishni mustaqil yoʻnaltirish natijasi 
koʻpincha metabilish (metapoznanie) nomi ostida chiqadi, metabilish – oʻz 
shaxsiy tafakkurini oʻylash va boshqarish (nazorat qilish) qobiliyati demakdir 
Metabilish ba’zan talabalar uchun murakkab boʻlishi mumkin, uni egallash, 
ammo bu ijtimoiy konstruktiv ta’lim uchun zarur maqsad, chunki u asta-sekin 
oʻquvchilarni tajribali oʻqituvchilarga bogʻliqlikdan xalos etadi, ularning ta’lim 
olishini yoʻnaltirish uchun. Oʻquvchilarning chiroqlari, aytish mumkinki 
ularning ekspert gidlari boʻlib qoldi. Blum taksonomiyasi singari metabilish va 
mustaqil ta’lim olish ham oʻta muhim hisoblanadi. Ekspert va yordamchi 
oʻqituvchilar koʻzga koʻrinadigan rolini tayinlab, bu bilan psixologik 
konstruktivizm va ijtimoiy konstruktivizmni keltirib chiqarib, oʻqituvchilar 
odatda sinflarda nima qiladilar, hamda ular qoidaga binoan, talabalar umid 
qiladi, u yerda nimani tadqiq qiladi kabilarni toʻliq yoritadi. 
Ta’lim jarayonini tashkil etishda oʻqituvchining imkoniyatlari quyidagi 
qonuniyatlarni aks etgan holda belgilanadi: 
1)
oʻqituvchilik kasbini va bolalarni sevish; 
2)
oʻqituvchi oʻzi dars beradigan fanni, uni oʻqitish nazariyasi va metodikasini, 
pedagogika, psixologiya va mafkuraga doir chuqur bilimga, yuksak ma’naviy 
madaniyatga ega boʻlishi; 
3)
oʻqituvchi shaxsining axloqiy pokligi; 


111 
4)
jamiyat oldidagi burchni, pedagoglik mas’uliyatini yuksak darajada anglash, 
axloqiy e’tiqodli boʻlish; 
5)
oʻzi bajarayotgan ishning haqligiga va oʻz kuchiga, oʻquvchi-talabalarning 
har birining kelajakda jamiyat uchun foydali inson boʻlishiga ishonch; 
6)
pedagogik takt, muomala odobi qoidalariga amal qilish; 
7)
oʻqituvchining yaxshilik qilish istagi, xushmuomaliligi va amaliy ishlarining, 
ya’ni soʻzi bilan ishining birligi; 
8)
hamma oʻquvchi-talabalargan isbatan xolis niyatli, ob’yektiv, talabchan, 
adolatli boʻlish; 
9)
pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri bilan pedagogik ijodkorlikning 
uygʻunligi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin