121
tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uygʻonish gʻoyasini ruyobga
chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim
vazifalaridan biri boʻlib qoladi", degan edilar. Oʻquv maskani jamiyatning
ijtimoiy institutlaridan biri. Oʻquv maskani jamiyatning buguni emas, balki
kelajakka yoʻnaltirilgan rivojini belgilaydi. Oʻquv maskanining maqsadi ta’lim
va tarbiyadir.
Oʻquv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari
shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. Oʻquv
faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon buluvchi uzluksiz
jarayondir. Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy
shakllari mavjudligini, bola ongi aynan oʻquv faoliyatida oʻsishini ta’kidlaydi.
D.B.Elkonin esa oʻquv faoliyatining xususiyatlarini koʻrsatib, uni mohiyatiga,
mazmuniga va oʻzini namoyon boʻlish shakliga koʻra ijtimoiyligini ta’kidlaydi.
Oʻquv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo oʻquvchida
oʻzgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, qurilgan boʻlishi
darkor. Bu motivlar bevosita oʻquvchi shaxsining oʻsishi va rivojlanishi bilan
bogʻliq boʻlishi kerak. Oʻquv faoliyati ta’lim, oʻqish va oʻrganish degan
tushunchalar bilan bevosita bogʻliqdir. Ta’lim oʻqituvchi va oʻquvchi
hamkorligidagi oʻquv faoliyati, oʻqituvchining bilim, koʻnikma va malakalarini
oʻquvchilarga oʻrgatish jarayonidir. Ta’lim jarayoni bevosita muayyan
axborotni, harakatlarni, xulq- atvorning shakllarini oʻzlashtirishga qaratilgandir.
Oʻqish va oʻrgatish tushunchalari oʻquv faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, ular bilim,
koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirishga, oʻrgatishga xizmat qiladi.
D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, oʻquv faoliyatining shakllantirilishi bu
faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta -sekinlik bilan oʻquvchining oʻziga
oʻqituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun oʻtkazilishidir. Ta’lim
jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat boʻlib, u
oʻquvchilarning oʻquv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi
Dostları ilə paylaş: