285
qayta tayyorlash va malakasini oshirish, turizmning iqtisodiy salohiyatini
mustahkamlash va uning samaradorligini
yanada oshirish maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1999- yil 30- iyundagi «O‘zbekistonda turizm sohasi
uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida»gi
Farmoni va mazkur Farmon
ijrosini ta‘minlash uchun O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu
yil 2-iyuldagi «O‗zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur
hujjatlarga muvofiq, 1999–2000- o‗quv yilidan boshlab turizm sohasi bo‗yicha oliy
ma‘lumotli kadrlar tayyorlash Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida
mujassamlashtirilishi bayon etildi.
Shu
maqsadda, universitetda «Xalqaro turizm» fakulteti va unga qarashli
«Xalqaro turizm», «Turizm menejmenti», «Turizm marketingi», «Turizm servisi»
kabi mutaxassislik (va boshqa nomutaxassislik) kafedralari tashkil etildi.
Universitetda hozirgi paytda 5340200 – «Menejment» (Turizm), 5810300 – Servis
(turizm) ta‘lim yo‗nalishlari bo‗yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda va 5A810102 –
«Xalqaro turizm menejmenti» mutaxassisligi bo‗yicha magistratura ham faoliyat
ko‗rsatmoqda.
Ushbu qarorga muvofiq, Toshkent shahar mehmonxona xo‗jaligi va turizm
litseyi negizida Toshkent turizm kasb-xunar kolleji
tashkil etish va qayta
ixtisoslashish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg‗ona, Termiz va Shahrisabz
shaharlarida turizm kasb-hunar kollejlari ochilishini bosqichma-bosqich amalga
oshirish vazifasi belgilab berildi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2004-yil 25-
martdagi «Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to‗g‗risida» gi
№144 qaroriga asosan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida turizmning
ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlash
belgilangan edi. Hozirgi paytda ushbu o‗quv dargohida «Turizm marketingi»,
«Turizm menejmenti», «Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirish», «Servis
(turizm va mehmonxona xo‗jaligi)», Servis (aholi va turistlarni ovkatlantirishni
tashkil etish), «Turizm (faoliyat turlari bo‗yicha)» va «Mehmonxona xo‗jaligini
286
tashkil qilish va boshqarish», ta‘lim yo‗nalishlari bo‗yicha bakalavrlar
tayyorlanmoqda.
2010–2011-o‗quv yilidan boshlab turizm bo‗yicha «Xalqaro turoperatorlik
xizmatini tashkil etish» va «Xizmat ko‗rsatish va turistik xizmatlarini tashil etish»
mutaxassisliklari bo‗yicha magistrlar tayyorlana boshlandi. 2013–2014-o‗quv
yilidan boshlab «Turoperatorlik xizmatini tashkil etish» va «Mehmonxona
xo‗jalini tashkil etish va boshqarish» mutaxassisliklari bo‗yicha magistraturaga
bakalavrlar qabul qilindi.
Bundan
tashqari, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish
universiteti, Buxoro, Urgench va Nukus Davlat universitetlari va qator turizm
kasb-hunar kollejlari bu ishga o‗z hissalarini qo‗shib kelmoqdalar.
2006- yil 17- aprelda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining O‗zbekiston
Respublikasida 2006–2010-yillarda xizmat ko‗rsatish va servis sohasini
rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida PQ-325-sonli Qarori
qabul qilindi. 2010-yil 5-yanvar O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining
Ispaniyaga qilgan tashrifi chog‗ida tezyurar temir yo‗l poyezdlari harakatini tashkil
etish to‗g‗risidagi bitimga kelishgan edilar. Ushbu bitim asosida 2010- yil 5-
yanvar kuni O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ikkita yo‗lovchi tashuvchi
tezyurar TALGO-250 elektropoyezdini sotib olish» loyihasini amalga oshirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida 1255-sonli Qarori qabul qilindi.
2012-yil 10-oktabrda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«
O‗zbekturizm» milliy kompaniyasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizmni
rivojlantirish jamg‗armasi mablag‗larini shakllantirish va ulardan foydalanish
tartibi to‗g‗risida Nizom qabul qilindi. 2013- yil 20- martda esa O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2013–2015- yillarda
Xorazm viloyatida turizm
sohasini rivojlantirish dasturi to‗g‗risida» gi PQ-1940- sonli Qarori qabul qilindi.
Turizm sohasi bo‗yicha 2014-yil 1–3-oktyabrda Birlashgan millatlar
tashkiloti (BMT) Butunjahon turizm tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi
aynan Samarqand shahrida bo‗lib o‗tishi ham bejiz emas, chunki bunga barcha
asoslar mavjud.
287
Samarqand shahri 2014-yilda AQShning mashhur internet nashri –«The
Huffington Post» tomonidan e‘lon qilingan reytingga muvofiq sayyoramizning
sayyohlar borib ko‗rishi lozim bo‗lgan 50 ta eng go‗zal shaharlari qatoridan o‗rin
oldi. E‘tiborlisi, MDH davlatlari shaharlaridan ushbu ro‗yxatga
faqat Samarqand
shahri kiritilgan.
51
Dostları ilə paylaş: