O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Transportda xizmat ko„rsatish va qulaylik darajalari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə93/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Transportda xizmat ko„rsatish va qulaylik darajalari 
Transport tizimlarining barcha turlari yagona maqsadni — tashish
xizmatlarini ko‗rsatishda sayohatchilarning ehtiyojlarini to‗laqonli qondirishni
ko‗zlaydi. Turistlarga transport xizmatlarini ko‗rsatish turistlarni va ularning
yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda
tashish uchun mo‗ljallangan xizmatlar majmui deb ta‘riflanadi.

Transport xizmatlari ko‗rsatish qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan


huquqiy bazaga asoslanadi. Ushbu hujjatlar: 1) turli xalqaro transport tashkilotlari
tomonidan; 2) mamlakatlarning milliy qonunchiligi doirasida; 3) yuk va
yo‗lovchi tashuvchilarning ichki qoidalari tarzida ishlab chiqilgan. Xalqaro
turizmni amalga oshirishda transport xizmatlari ko‗rsatishning turli jihatlariga
alohida diqqat-e‘tibor berish lozim. Sayohatlar sohasida xalqaro hamkorlik
chegaralarining kengayishi bojxona, chegara va sanitariya nazoratini amalga
oshirish normalari va qoidalarini muttasil takomillashtirib borishni taqozo etadi.

10.7.Turistlarga transportda xizmat ko„rsatish

Muayyan transport tuzilmalari o‗rtasida hamda har bir transport turi


doirasida yo‗lovchi tashuvchilar o‗rtasidagi raqobat kurashi yo‗lovchilarga
xizmat ko‗rsatishning takomillashuvi jarayoniga kuchli turtki berdi. Servis sifati
va darajasining oshishi harakatlanadigan tarkibning hozirgi texnik jihozlanishida,
yo‗lovchilarga qulay va shinam shart-sharoitlar yaratilishida, transport vositalari
bortida yo‗lovchilarning dam olishi tashkil etilishida, yo‗lovchilarni
ovqatlantirish sifatining oshishida, transport kompaniyalarining doimiy mijozlari
uchun rag‗batlantirish dasturlari ishlab chiqilishida namoyon bo‗lmoqda.
Yo‗lovchi tashuvchilar transportda bolalar va nogironlarga, shuningdek boshqa
toifa yo‗lovchilarga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha maxsus tadbirlarni amalga



155


oshirmoqdalarki, bu yo‗lovchilarning ehtiyojlarini to‗laqonli qondirish uchun
imkoniyat yaratmoqda.
Turli transport tizimlari o‗rtasida yaqin hamkorlik transport xizmatlari
ko‗rsatish sohasidagi muhim yo‗nalishlardan biridir. Bu multimodal vokzallar
tashkil etish, qatnov jadvallarini muvofiqlashtirish, transport xizmatlarini
uyg‗unlashtirish va yo‗lovchilarga kompleks xizmatlar ko‗rsatish imkonini
beradi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin