Xulosa "Strategiya" so'zi (yunoncha Strategia) dastlab harbiy ishlarda ishlatilgan va
ilmdan boshqa narsa emas, urush san'atini anglatar edi. Yaxshi strateg sanalgan
qo'mondon
armiyasini
saqlab
turishda
katta
yo'qotishlarga
yo'l
qo'ymasdan,harbiylari va texnikasini yoqotmasdan jangda g'alabaqozongan.
42
Ishlab chiqarishni tashkil etishning rivojlanish strategiyasi - bu tez
o'zgaruvchan tashqi va ichki sharoitda korxona mahsulotlarini yaratish va sotish
bo'yicha aniq harakatlarning uzoq muddatli dasturidir.
Strategiyani ishlab chiqish har qanday odam uchun tushunarli bo'lishi kerak
bo'lgan korxonaning umumiy maqsadini shakllantirishdan boshlanishi kerak. U
korxonaning imkoniyatlarini, mavjud ish muhiti, urf-odatlar, ishlab chiqarish
madaniyati va tashqi muhitdagi ish printsiplarini (savdo, iste'molchilar
munosabatlari, biznes aloqalari tamoyillari) hisobga olishi kerak. Jarayonlar va
tashqi muhitdagi o'zgarishlar korxonaga juda muhim ta'sir ko'rsatadi.
Umumiy tashkiliy tuzilish deganda mehnat taqsimoti jarayonida ajratib
qo‘yilgan bir-biriga bog‘langan birliklar tushuniladi. Tashkiliy tuzilma korxonaning
tuzilishiga, boshqaruv ob’ektlarining ko‘lami va funksional maqsadiga mos kelishi
kerak. Bu menejment sohasida mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining shaklini
ifodalaydi va korxona faoliyatiga faol ta’sir ko‘rsatadi.
Nazorat savollari 1. Strategiya tushunchasini ifodalab bering.
2. Strategiya mazmun va mohiyatini tushuntiring.
3. Strategiyaning asosiy elementlarini izohlab bering.
4. Korxona strategiyasini ishlab chiqish nechta asosiy elementni o‘rganishni
talab qiladi? Tushuntiring.
5. Strategiyalar qanday xususiyatlarga ega?
6. Korxonani rivojlantirishning har qanday yo‘nalishi bo‘yicha strategik
qarorlarni qabul qilishning qanday yo‘nalishilari mavjud?
7. Rivojlanish strategiyasini tanlashga ta’sir qiluvchi qanday omillar mavjud?
8. Tashkiliy tuzilmalarni qurishning asosiy prinsiplari sanang.
9. Korxonaning yangi tuzilishini loyihalash bosqichida ikkinchi guruh
mezonlaridan foydalanish tavsiya etiladi, ularni qanday guruhlarga bo‘lish
mumkin?
10. Rejalashtirish va reja nima?
43
11. Rejalashtirish tamoyillarini aytib bering.
12. Rejalashtirish kachon samarali va ishonchli sanaladi?