64
uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar malakasini oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil etish va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan
foydalanish darajasi
korxonaning
ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi.
Ishlab chiqarish quvvati ma’lum bir vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan
foydalanib, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida
ishlab
chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlarning darajasidir.
Ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi
hamda xizmat ko‘rsatish doirasini hisobga olgan holda aniqlanadi. Ishlab chiqarish
quvvati sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha
salohiyat imkoniyatlarini
ifodalaydi.
Bozor sharoitida xo‘jalik faoliyatining subyekti u yoki bu mahsulotga bo‘lgan
talabni qondirishga mo‘ljallangan. Iste’molchilar talabi, bozorni marketing
izlanishlari orqali aniqlanadi va talabdan kelib chiqib, korxonaning to‘liq ishlab
chiqarish quvvatini belgilaydi. Avvalo ishlab chiqarishning mavjud quvvatlari
aniqlanadi, so‘ngra quvvatni oshiruvchi qo‘shimcha resurslar aniqlanadi. Talabning
oshishi qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvati kiritilishini talab qiladi. Iqtisodiy
mustaqillik sharoitida iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlar ham o‘zgara
boshlaydi: birinchi navbatda ishlab chiqarishni har tomonlama o‘zgartira olish,
ikkinchidan tashqi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida moslashish kerak bo‘ladi.
Ishlab chiqarish quvvati bir qator
omillarga bog’liq:
ishlab chiqarish dasturining mehnat sig’imiga;
xo‘jalik subyektiningishvaqtiga;
asbob-uskunalarning ishlash vaqtiga;
mahsulot ishlab chiqarilayotgan xom-ashyo va materiallar tarkibi va sifatiga;
ishlatilayotgan texnika va texnolgiyalarning darajasiga;
ishchilarning malakasiga.
65
Ishlab chiqarish quvvatining ko‘rsatkichlari uzoq muddatli strategiyani ishlab
chiqishda muhim hisoblanadi.
Quvvatning loyiha, kiruvchi, chiqquvchi va
Dostları ilə paylaş: