40
korxona faoliyatining turli xil yo‘nalishlari, iqtisodiyot va aholi uchun zarur
bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy jixatdan
maqsadga muvofikligini
asoslab berish;
zarur moddiy-texnika asosini shakllantirish;
moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
yakuniy natijalarning ijobiy bo‘lishiga erishish.
Rejalashtirish tamoyillari:
ilmiylik tamoyili;
majmuaviylik tamoyili;
proporsionallik tamoyili;
uzluksizlik tamoyili;
optimallik tamoyili;
moslashuvchanlik tamoyili.
Rejalashtirish turlari:
strategik rejalashtirish (10-15);
uzoq muddatli rejalashtirish (3-5);
qisqa muddatli rejalashtirish (1-3);
joriy rejalashtirish (choraklar).
Rejalashtirish boshqarish jarayoni sifatida o‘z texnologiyasiga ega bo‘lib, bu
texnologiya korxonaning rejalashtirilayotgan davrdagi maqsad va vazifalarini
aniqlash, bajaruvchilarga muayyan vazifalarni belgilash, vazifalarning turi, kattaligi
va muddatiga ko‘ra aniqlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati natijasi -
daromad yoki foyda olishni o‘z ichiga oladi. Bu vazifalarni bajarishda quyidagi
omillar xisobga olinadi:
ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi va tuzilmasi;
xodimlar soni, ixtisos tarkibi va
malakasi;
moliyaviy resurslar;
aylanma mablag‘lar mavjudligi va unga bo‘lgan extiyojlar;
ilmiy-texnik tadqiqotlar tuzilmasi va tayyorlik darajasi;
41
mahsulotni sotish kanallari.
Rejalashtirish quyidagi talablarga javob bergan takdirdagina samarali va
ishonchli xisoblanadi:
rejalashtirishning xar bir elementi va bosqichi kat’iy ravishda asoslab
berilishi;
rejadagi vazifaning aniq va o‘z
vaqtida bajarilishi, ya’ni rejaning adresliligi;
reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda xisobga olish, nazorat qilish va
unga zarur xollarda o‘zgartirishlar kiritish;
ichki va tashki muxitdagi o‘zgarishlarni ijobiy qabul qilish, shuningdek,
korxona faoliyatini ro‘y bergan o‘zgarishlarga mos ravishda o‘z
vaqtida qayta
tashkil qilish;
fan-texnika taraqqiyoti va xo‘jalik yuritishning ilg‘or tajribalariga tayanish.
Rejalashtirishning xar bir turi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib,
kuyidagilardir:
belgilangan rejalashtirish oralig‘ining aniqligi;
integratsiya va differensiatsiya darajasi, shuningdek,
rejalashtirilayotgan
ko‘rsatkichlar miqdori;
ishlab chiqarish xarajatlari va natijalarini xisob-kitob qilish darajasining
aniqligi;
rejani tayyorlovchilar va amalga oshiruvchilar o‘rtasidagi majburiyatlarni
taksimlash tartibi.
Dostları ilə paylaş: