55
iborat yoki yordamchi ahamiyatga ega bo‘lgan turli sanoat tarmoqlarining bir
korxonada birlashishi yuqori darajada amalga oshirildi va natijada juda katta
salohiyatga ega bo‘lgan kombinatlar faoliyat ko‘rsata boshladi.
Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning barcha shakllarini takomillashtirish
Respublika sanoatining salohiyatini juda yuqori darajaga ko‘tardi va uning tashqi va
ichki bozordagi mavqeni mustahkamladi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar va sanoat sohasida
yuqori darajadagi o‘sishga erishildi. Sanoatning yalpi ishlab chiqarishni tashkil
etishning shakllari - konsentratsiyalash, mahalliylashtirish, ixtisoslashtirish, diversi-
fikatsiyalash, kooperativlashtirish va kombinatsiyalashtirishni takomillashtirish
tufayli sanoat salohiyatini yanada yuqori darajaga ko‘tarish imkoniyati yaratildi.
Dostları ilə paylaş: