47
operatsiyalarni bajarishga ketgan vaqt sarfi (operativ vaqt)ning teng bo‘lishi;
mehnat buyumlarini operatsiyalararo va liniyalararo
transportirovka qilish
uchunketgan vaqt sarfining teng bo‘lishi;
ish joyiga xizmat ko‘rsatish va ishchilarning dam olishi bo‘yicha operativ
ishlardagi tanaffuslarning tengligi;
mehnat buyumlarining potokdagi harakatini tashkil etish paytida operatsiyalar
tugashi bilan ularni transportirovka qilishning boshlanadigan vaqtning bir-biriga
mos kelishi.
Ushbu to‘rt shartdan hatto bittasiga rioya qilinmasa
ham ishlab chiqarish
jarayoni ozmi-ko‘pmi sinxronlashmaydi.
Korxonalarni rivojlantirish va joylashtirish masalasining qo‘yilishi va yechimi
umumiy holda bitta hisob doirasida quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlashga olib keladi:
yangi korxonalarning joylashishi;
korxonani ixtisoslashtirish va yiriklashtirish ko‘rsatkichlari;
tarmoqning rivojlanish sur’ati, shu tarmoq mahsuloti bilan milliyiqtisodiyot
talabini qondirish darajasi, xom ashyo, materiallar, butlovchi va tayyor buyumlar
yetkazib beruvchi hamkorlashgan bog’lanishlar sxemasi;
tarmoqning umumxo‘jalik resurslariga bo‘lgan ehtiyoj hajmi, shu tarmoq
uchun xususiy resurs ehtiyojlari hajmi va boshqa ko‘rsatkichlar.
Energetika korxonasi ixtisoslashgan korxona hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, uning turlari va samaradorligi.
Ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish deb, ishlab chiqarish
jarayonining turli
bosqichlarida xalq xo‘jaligining turli tarmoqli korxonalari o‘rtasidagi, shuningdek
tarmoqlar va korxonalar ichidagi ijtimoiy mehnat taqsimoti shakllariga aytiladi. U
korxonalarda muayyan turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni bir yerga to‘plashni
ko‘zda tutadi.
Ixtisoslashtirishning quyidagi asosiy shakllari mavjud: tarmoq va korxona
bo‘yicha ixtisoslashtirish;
korxona ichida ixtisoslashish; tarmoq bo‘yicha
ixtisoslashish, bunda korxona yoki bo‘limlar shu tarmoqning o‘ziga taalluqli bo‘lgan
48
tuzilishi, texnologiyasi va materiallari jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan
mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
Korxona bo‘yicha ixtisoslashishda korxona o‘z mahsulotining ma’lum
chegaralangan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘ladi.Korxona ichida
ixtisoslashishda korxonaning sexlari, bo‘limlari, ish joylari aniq turdagi mahsulotni
ishlab chiqarishga yoki ma’lum texnologik jarayonlarni bajarishga ixtisoslashgan
bo‘ladi.
Sanoatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish 4 shaklda rivojlanadi:
buyum jihatidan ixtisoslashda korxonalar tuzilishi va bajaradigan ishi bir xil
bo‘lgan cheklangan tayyor mahsulot ishlab chiqaradi. Masalan:
traktorlar,
avtomobillar, dastgohlar va h.k.;
detal jihatidan ixtisoslashishda korxonalar tayyor mahsulotning ayrim
qismlarini va detallarni ishlab chiqaradi. Masalan: reduktorlar, podshipniklar,
tishli
g’ildirak va h.k.;
texnologik jihatdan ixtisoslashishda korxonalar texnologik jarayonning
alohida bosqichlarini bajaradi. Masalan: detal quyish, shtamplash va h.k.;
yordamchi ixtisoslashgan korxonalar. Bular jumlasiga po‘lat quyish,
temirchilik, asbob-uskuna ishlovchi korxonalar kiradi.
Buyum jihatidan ixtisoslashish bular ichida eng ko‘p tarqalgan shaklidir.
Ishlab chiqarish hamkorligi, uning turlari va iqtisodiy samaradorligi.
Dostları ilə paylaş: