Intensiv koeffitsient - ma’lum bir vaqt ichida haqiqiy ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdorini bildiradi. U haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini
rejalashtirilgan mahsulot qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.
rej haq ICH ICH K
int
,
bu yerda
ICH
haq
- haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori;
ICH
rej
- mahsulotishlabchiqarishrejasi.
Dastgohlardan integral foylalanish koeffitsienti uskunadan intensiv va
ekstensiv foydalanish koeffitsientlarining ko‘paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt
va quvvat bo‘yicha band bo‘lishini majmuaviy tavsiflaydi.
int
int
K K K eks egr
.
4.4. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanishni yaxshilash yo‘nalishlari Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning
asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini
olish;
uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish;
bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;
ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli ravishda amalga
oshirish;
64
uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar malakasini oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil etish va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi
korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi.
Ishlab chiqarish quvvati ma’lum bir vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan
foydalanib, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab
chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlarning darajasidir.
Ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi
hamda xizmat ko‘rsatish doirasini hisobga olgan holda aniqlanadi. Ishlab chiqarish
quvvati sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha salohiyat imkoniyatlarini
ifodalaydi.
Bozor sharoitida xo‘jalik faoliyatining subyekti u yoki bu mahsulotga bo‘lgan
talabni qondirishga mo‘ljallangan. Iste’molchilar talabi, bozorni marketing
izlanishlari orqali aniqlanadi va talabdan kelib chiqib, korxonaning to‘liq ishlab
chiqarish quvvatini belgilaydi. Avvalo ishlab chiqarishning mavjud quvvatlari
aniqlanadi, so‘ngra quvvatni oshiruvchi qo‘shimcha resurslar aniqlanadi. Talabning
oshishi qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvati kiritilishini talab qiladi. Iqtisodiy
mustaqillik sharoitida iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlar ham o‘zgara
boshlaydi: birinchi navbatda ishlab chiqarishni har tomonlama o‘zgartira olish,
ikkinchidan tashqi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida moslashish kerak bo‘ladi.
Ishlab chiqarish quvvati bir qator omillargabog’liq:
ishlab chiqarish dasturining mehnat sig’imiga;
xo‘jalik subyektiningishvaqtiga;
asbob-uskunalarning ishlash vaqtiga;
mahsulot ishlab chiqarilayotgan xom-ashyo va materiallar tarkibi va sifatiga;
ishlatilayotgan texnika va texnolgiyalarning darajasiga;
ishchilarning malakasiga.
65
Ishlab chiqarish quvvatining ko‘rsatkichlari uzoq muddatli strategiyani ishlab
chiqishda muhim hisoblanadi. Quvvatning loyiha, kiruvchi, chiqquvchi va