79
Korxona personali tarkibining doimiylik koeffitsienti(
t
d
p
K
.
.
)
soni
soni
yxat
ro
personal
rtacha
o
ishlagan
ing
persona
davomida
yil
butun
K
t
d
p
'
'
ln
.
.
Bozor munosabatlari sharoitida
korxonaning kadrlar siyosati.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasi kadrlar
siyosati bilan chambarchas bog’liq bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ish kuchini yollash, joylashtirish va rejalashtirish;
xodimlarni o‘qitish, tayyorlash va
malakasini oshirish;
kadrlarni xizmat lavozimlari bo‘yicha yuqori pog’onaga ko‘tarish;
yollash shartlari, mehnat va unga haq to‘lash sharoitlari;
mehnat jamoasida qulay ruhiy muhitni yaratish.
Kadrlar siyosati birinchi o‘rinda insonni ishlab chiqarish va turmushdagi yangi
axloqini shakllantirish,
ikkinchidan, novatorlik va yuqori mehnat unumdorligiga
manfaatdorligini rivoylantirishi lozim.
Korxonaning kadrlar siyosati amaliyotda faqat
ichki vazifa va muammolarni
hal qilishdan tashqari, bandlik sohasida davlat siyosatiga tayanadi va quyidagilarni
ko‘zda tutadi:
fuqarolarning mehnat huquqi va kasb tanlash erkinliklarini amalga oshirishda
bir xil imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash;
fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash,
ularning ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivoylantirishga bandlik sohasidagi
faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatining boshqa yo‘nalishlari
bilan
uyg’unlashtirish orqali ko‘maklashish;
mehnat faoliyati davrida va nafaqaga chiqqandan so‘ng ham xodimlarning
ijtimoiy muhofazasini ta’minlash;
aholi bandligi muammolarini yechishda, qo‘shma
korxonalar tuzish va ishlab
chiqarish bilan bog’liq loyihalarni amalga oshirish yo‘li bilan xalqaro hamkorlik
yuritish va boshqalar.