O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi


Ixtisoslashtirish tamoyili



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

Ixtisoslashtirish tamoyili. Ixtisoslashtirish – bu, ijtimoiy mehnat 
taqsimotining shakli bo‘lib, sanoat ishlab chiqarishida rejali ravishda rivojlanadi va 
sanoat tarmoqlari, korxona sexlari, uchastkalar, liniyalar va ayrim ish joylarining 
ajralishini shart qilib qo‘yadi. 
Mutanosibik tamoyili. Ishlab chiqarish jarayonlarining mutanosibligi shuni 
bildiradiki, bunda hamma ishlab chiqarish bo‘limlari (asosiy va yordamchi sexlar, 
bu sexlar ichidagi uchastka va liniyalar, uskunalar guruhi va ish joyi)ning ishlash 
qobiliyati (vaqt birligi ichida mehnat unumdorligining nisbati) bir-biriga o‘zaro aniq 
mos keladi.


46 
Paralellik tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati ishlab chiqarish jarayonining bir 
necha ayrim qismlarini bir paytda bajarishdan iborat, ya’ni mahsulot tayyorlash 
bo‘yicha amalga oshiriladigan ish keng ko‘lamda tashkil qilinadi. 
Bir tekis, ketma-ket yo‘nalish tamoyilini qo‘llash ishlab chiqarish jarayonini 
tashkil qilayotganda mehnat predmetlari ishlab chiqarish jarayonlarining hamma 
bosqichlaridan va barcha operatsiyalaridan eng qisqa yo‘l bilan o‘tishini aniqlashga 
yordam beradi (xomashyo va materiallarning kelib tushishidan tortib to tayyor 
mahsulot bo‘lib chiqqungacha va bu mahsulotlarni iste’molchiga etkazib bergunga 
qadar). Bir tekis, ketma-ket yo‘nalishga erishish uchun sex maydonida apparat va 
uskunalarni oqilona joylashtirish lozim, bundan tashqari asosiy va yordamchi 
sexlarni zavod hududida to‘g‘ri joylashtirish asosida xomashyo va materiallarning 
qarshi harakatiga va qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Uzluksizlik tamoyili deganda, ishlab chiqarish jaryonida rejasiz to‘xtash, 
tanaffus bo‘lmasligi, ya’ni uzluksiz ishlash tushuniladi. 
Bir me’yoriyilik tamoyilio‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish bo‘limlari, 
bir xil oraliqdagi ish vaqtida berilgan dasturga asosan bir xil hajmdagi ishning 
bajarilishi bilan tavsiflanadi. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin