49
Ishlab chiqarishhamkorligining quyidagi turlari mavjud:
buyum hamkorligi, bunda bir korxona boshqa korxonaga, tayyor mahsulotni,
masalan: samolyot yig’ish uchun akkumulyator, radiator, ovoznigor (priyomnik)
yetkazib beradi;
detal bo‘yicha hamkorlik, bunda bosh korxonaga boshqa korxonalar alohida
detallarni, yig’ish birikmalirini yetkazib beradilar;
texnologik hamkorlikda bitta korxona boshqa
korxonalar uchun alohida
texnologik jarayonni bajaradi yoki tanovar (quyma, upakovka, shtampovka) larni
yetkazib beradi.
tarmoqlararo hamkorlik. Bunda har xil sanoat tarmog’iga
tegishli ikkita
korxona hamkorlik qiladi. Masalan: samolyotsozlik korxonasi ovoznigor korxonasi
bilan hamkorlik qiladi.
tarmoq ichidagi hamkorlik. Bunda bir sanoat tarmog’iga tegishli ikkita
korxona o‘rtasida hamkorlik o‘tkaziladi. Masalan: samolyotsozlik korxonasi
samolyotga motor ishlab beruvchi korxona bilan hamkorlikda bo‘ladi.
rayonlararo hamkorlik. Bunda har xil iqtisodiy rayonlarda joylashgan
korxonalar o‘zaro hamkorlikda bo‘ladilar.
rayon ichidagi hamkorlik. Bunda bitta rayonda joylashgan ikkita korxona
orasida hamkorlik o‘rnatiladi.
Ishlab chiqarishning hamkorlik qilish darajasi
sotib olingan detallar, yarim
fabrikatlar vabutlovchi buyumlarning korxona mahsuloti to‘la tannarxiga nisbati shu
korxona bilan hamkorlik qilayotgan korxonalar soni bilan tavsiflanadi. Bu ikkala
ko‘rsatkich o‘zaro bir-biri bilan bog’liq, chunki korxona qancha ko‘p korxonalar
bilan hamkorlik qilsa, uning ishlab chiqarayotgan mahsulot tannarxida tayyor holda
sotib olinayotgan detallarva yarim fabrikatlar nisbati shunchalik ko‘payadi. Bu esa
mahsulot tannarxining pasayishiga va sifatining oshishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, uning turlari va samaradorligi.
50
Ishlab
chiqarishni yiriklashtirish deb, bir necha turdagi ishlab chiqarishlarni
bir yirik korxonada jamlashga aytiladi.Yiriklashgan korxonalarda asosiy ishlab
chiqarish bilan birgalikda yordamchi ishlab chiqarish ham mavjuddir.
Yordamchi ishlab chiqarish asosiy ishlab chiqarish uchun bo‘lgan asbob -
uskuna, energiya turlari bilan, zarur bo‘lganda dastgohlarni ta’mirlash va tuzatish
uchun xizmat qiladi. Masalan:
asbobsozlik, moslama, energiya ishlab chiqarish
sexlari hamda mexanik ta’mirlash sexlari kiradi. Ishlab chiqarishni
yiriklashtirishning asosiy maqsadi murakkab, juda katta hajmga ega bo‘lgan va
ishlab chiqarishda uzoq davr hukm surmaydigan mahsulotlarni yetkazib berishdan
iborat. Masalan: samolyotsozlik, kemasozlik va h.k.
Yiriklashgan ishlab chiqarishning foydali tomonlari:
ishlab chiqarish jarayonlarining birgalikda ishlashi bunday korxonalarda har
qanday murakkab mahsulotning qisqa vaqt ichida ishlab chiqarilishini ta’minlaydi;
mavjud asosiy ishlab chiqarish fondlari samarali ishlatiladi.
Chunki katta
mehnat hajmi ishlab chiqarishda ishni bir kecha-kunduzda bir necha smenada tashkil
qilinishiga shart-sharoit yaratadi;
asosiy materiallar samarali ishlatiladi, chunki asosiy ishlab chiqarishning
chiqindisidan xalq uchun keng iste’mol mollarini ishlab chiqarishga imkoniyat
yaratiladi.
Ishlab chiqarish yiriklashtirilgani sari ishlab chiqarishni
boshqarish va unga
xizmat ko‘rsatish sohasidagi umumiy xarajatlar mahsulot ishlab chiqarishning
ko‘payishiga nisbatan kamroq darajada ortadi, bu ularni tejab qolishga olib keladi.
Kamchiliglari:
yirik korxonalarni loyihalash, qurish, ishga tushirish juda ko‘p vaqt talab
qiladi;
bunday korxonalarni qurishga va uni ishga
tushirishga sarflanadigan
mablag’lar uzoq vaqtdan keyin o‘zini qoplaydi.
Dostları ilə paylaş: