158
- korxona oldida turgan maqsadlar va missiyasini amalga oshirish demakdir. Aynan
shu jarayonda yuzlab, minglab insonlar o‘z extiyojlarini qondiradi, mavqeiga ega
bo‘ladi, xar tomonlama o‘sadi va umuman jamiyat o‘sadi.
Qaror ishlab chiqish va qabul qilish - bu shunday boshqaruv faoliyatining
asosiy shakliki, u rahbar mehnatining mazmuni, uning jamoaga maqsad sari
yo‘naltirilgan xarakat jarayonidir.
Boshqaruv qarori ikki xolatda ishlatiladi:
birinchi xolatda -kimningdir yoki nimaningdir tomonidan o‘rnatilgan
boshqaruv xujjati, qabul qilingan xarakat rejasi, qaror qilish va boshqalar .
boshqa xolatlarda - bu bir necha variantlardan bitta ma`qul variantli tanlash.
Qaror pishib etilgan muammo mavjud bo‘lganda qabl qilinadi.
Boshqaruv qarorlari elementlari
vazifa;
vosita;
javobgarlik;
muddat.
Boshqaruv qarorlarini asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar hisoblanadi:
maqsadlar;
masalalar;
masalalarni echish usullari (texnologiya);
resurslarga nisbatan talablar;
qarorning ta`sir doirasi;
qarorning bajarilish muddatlari;
qarorni amalga oshirilish mexanizmlari (masalalar strukturasi).
Dostları ilə paylaş: