Bozorni aylanib yuradigan poyaki voqeadan boshdan-oyoq xabardor ekan
(A.Q.) Ilgarigi vaqtda bozor va rastalarda chilim chektirib yuruvchi kishini poyaki,
der edilar.
Neologizmlarning uslubiy vazifasi. Adabiy til doimo yangi so‘zlar -
neologizmlar bilan boyib boradi. Neologizmlar ishlab chiqarish va ijtimoiy
munosabatda bo‘ladigan o‘zgarishlar, fan-texnika yangiliklari, san’at, adabiyot va
publitsistikadagi yangicha tushunchalar – umuman, jamiyatning, hayotning talab-
ehtiyoji bilan paydo bo‘lgan so‘zlardir: novator, changlagich, purkagich, izchil,
ziyokor, biznes, tadbirkor, ishbilarmon, fermer, aksiya va boshqalar.
Neologizmlarning paydo bo‘lish yo‘llari xilma-xil:
1. Tilning mavjud leksik tarkibi va grammatik qonun-qoidalari ba’zasida
yangi so‘z yasash yo‘li bilan. Bunda so‘z yaxlitligicha neologizm bo‘ladi:
payvandchi (metall o‘lchovi), ustqurma («nastroyka» ma’nosida), cho‘lquvar (bo‘z
erlarni o‘zlashtiruvchi ma’nosida).
2. Tildagi mavjud so‘zlarning leksik ma’nolaridan birini yangi ma’noda
qo‘llash yo‘li bilan. Masalan: cho‘mich so‘zining «kovsh» ma’nosi kabi:
Ekskavatorning cho‘michi shu uyumlardan osha yangi tuproqlarni irg‘itdi.
3. Boshqa tildan (asosan, rus tilidan) so‘z qabul qilish yo‘li bilan. Boshqa
tildan so‘z ikki xil usul bilan olinadi:
a) aynan qabul qilinadi: kosmonavt, samolyot;
1
Solor – tarixiy so’z bo’lib, boshliq, rahbar ma’nosini bildiradi. Masalan: sipoh-solor – lashkar boshlig’i. Qarang:
Uzbeksko-russkiy slovar. Moskva, 1959, 77-bet.
b) kalkalash yo‘li bilan olinadi: o‘zibo‘larchilik (samatyok), er yo‘ldoshi
(sputnik zemli), odimlovchi ekskavator (shagayushiy ekskavator), ko‘targich kran
(pod’yomniy kran) kabi.
Kalka usulini oddiy tarjimadan farqlash kerak. Kalkalashda boshqa tildan
o‘zlashtiruvchi tilga taqlidan nusxa olish asosida neologizm yaratilsa, oddiy
tarjimada esa boshqa til so‘zi avvaldan mavjud bo‘lgan o‘z so‘zlar bilan beriladi.
Nutqda neologizmning uslubiy vazifasi juda rang-barangdir. Ilmiy-texnik,
rasmiy adabiyotlardagi umumtilga xos neologizmlar asosan nominativ funksiyani
bajaradi, badiiy adabiyotda esa muayyan uslubiy maqsadda qo‘llaniladi. Bu,
birinchi navbatda, katta ta’sir va tasvir kuchiga ega bo‘lgan individual nutq
neologizmlariga taaluqlidir. Bunga yozuvchilar ijod qilgan yangi so‘zlar misol
bo‘ladi.
G‘afur G‘ulom so‘z ijodchiligida so‘zlarni qo‘shish yo‘li bilan yaratgan
mehnatobod, urushtalab, insonzod, xushaxloq kabi neologizmlar o‘zining
ifodaviyligi bilan ajralib turadi. Shoir yana –dosh qo‘shimchasi yordamida eldosh,
erdosh, kurashdosh, qalamdosh kabi so‘zlarni ijod qiladi.
Yozuvchilar yaratgan individual nutq neologizmlari ba’zan satirik tasvir
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, quyidagi misollarda rasmiy-idoraviy nutqqa
oid shablon so‘zlar: ocheredchilik, oshxurchilik matnga yumoristik ruh kiritgan:
Ro‘yhatdagi
mana
shu
kamchiliklar
tuzatilsa,
bu
narsa
hozirgi
ocheredchiligimizda ijobiy rol o‘ynashi, xaridorlarimiz orasida tarbiyaviy ish olib
borishda alohida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lsa kerak, deb o‘ylamiz
(A.Qahhor). Keyingi paytlarda oshxurchiligimizda yana bitta yomon xususiyat
sezilmoqda (S.Ahmad).
Ba’zan adabiy til ruhiga yot bo‘lgan, o‘rinsiz yasalgan neologizmlar ham
uchrab turadi: Terilgan paxtani tashib turish uchun ko‘taruvchi ajratildi.
Neologizmlarning tildagi barcha tiplarini baholash va ishlatishda mumtoz
yozuvchilarimiz qoldirgan boy merosni qunt bilan o‘rganish zarur.
Boshqa tillardan kelgan so‘zlar va ularni ishlatishdagi uslubiy imkoniyatlar.
Tilning boshqa tillardan olingan so‘zlar hisobiga boyishi juda qadimiy hodisadir.
Buning sababi xalqlar o‘rtasida qadimdan ijtimoiy-siyosiy munosabat, madaniy
aloqa va hamkorlikning mavjudligidir.
Odatda, boshqa tildan o‘tgan so‘zlarning ba’zilari so‘z oluvchi tilning ichki
taraqqiyoti qonuniga, uning ayrim grammatik qoidalari va talaffuz me’yorlariga
bo‘ysunadi, moslashadi, ba’zilari asl holatlarini saqlab qolsa, ba’zilari jiddiy
o‘zgarishga uchraydi. Masalan: tojikcha panjishanba, ruybaruy so‘zlari
Dostları ilə paylaş: |