2. Qo‘llanish doirasi chegaralangan leksikaning uslubiy xususiyatlari
Dialektizmlar. O‘zbek tilining dialektal qatlami nihoyatda murakkab va
rang-barang bo‘lib, u o‘z ichiga bir qancha sheva va dialektlarni qamrab oladi. Bu
sheva va dialektlarning har biri o‘ziga xos fonetik, leksik-grammatik xususiyatlari
bilan adabiy tildan, o‘zaro farqlanadi.
Dialektizmlarning adabiy tildan farqi, avvalo, so‘zning talaffuzida ko‘rinadi.
Masalan: gurgurt-gugurt, bala-bola, yuzum-uzum, yig‘namoq-yig‘moq, kabi.
1
Ekzotika yunoncha «exoticos» - ajnabiy demakdir.
Bundan tashqari, adabiy tilga nisbatan dialektizmlarning lug‘at tarkibi
birmuncha o‘zgacharoqdir. CHunonchi, mahalliy dialektizmlar lug‘atida fan,
san’at va murakkab texnikaga oid maxsus atamalar kam, deyarli yo‘q bo‘ladi,
dialektlardagi ba’zi so‘zlar esa adabiy tilda butunlay bo‘lmasligi mumkin. Bunday
so‘zlar shu dialekt vakillari nutqida ishlatiladi. Masalan, varray (Toshkent
dialektida), bodpark (Buxoro dialektida), shohin (Samarqand dialektida), bodrak
(Xorazm dialektida) kabi.
O‘zbek shevalari lug‘atida yana shunday so‘zlar uchraydiki, bular adabiy
tilda boshqa so‘z bilan ifodalanadi: Andijon shevalarida buvak (chaqaloq); Xorazm
shevalarida erqanot (ko‘rshapalak), tartanak (o‘rgimchak), suzak (cho‘mich),
adrasman (isiriq); Buxoro shevalarida ashmishka (bir yumaloq choy).
Ba’zan dialektdagi so‘z adabiy nutqdagi so‘z bilan tovush talaffuzi jihatidan
o‘xshash bo‘lmasa-da, ma’nosiga ko‘ra farqlanadi. Masalan, buvi – bir dialektda
ruscha «mat», ikkinchi bir dialektda ruscha «babushka» ma’nosini bildiradi.
SHuningdek, oq choy – Toshkent dialektida «sut qo‘shib oqlangan choy»ni
bildirsa, Farg‘ona dialektida «ko‘k choy»ni anglatadi.
Mahalliy koloritni berish zarurati bilan qo‘llangan bunday dialektizmlarning
qavs ichida adabiy tildagi variantini berish maqsadga muvofiqdir. Masalan:
Ularning hammasi Oltinko‘lda ishlasa-da, eshigi (hovlisi) Andijonda. Chivin
(pashsha) yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi hasharot ekanini esdan chiqarmang.
Adabiy tilning ayrim dialektlar lug‘aviy birliklari hisobiga boyib borishi
tillar taraqqiyotida qonuniy bir holatdir. Hozirgi adabiy nutq lug‘atining bir qismi
ham aslida dialektlarga mansub bo‘lsa-da, adabiy nutqqa xos, deb qaralishining
sababi bunday lug‘aviy birliklarning umumlashib ketganligidadir.
Dialektizmlarni quyidagi holatlarda adabiy nutqqa olib kirish mumkin: agar
u yoki bu mahalliy tushuncha umumtilda aniq nomga ega bo‘lmasa yoki uning
shevadagi atamasi leksik ma’no ottenkasi bilan, uslubiy bo‘yog‘i bilan
umumtildagi so‘zdan farqlanib tursa, uning adabiy nutqqa kirishi to‘g‘ridir.
Masalan: adabiy nutqda qo‘llanayotgan elvizak (elgizak) so‘zi shimoliy o‘zbek
shevalariga xos birlikdir.
Biror dialektal so‘zning adabiy nutqqa ko‘chish hodisasi bilan dialektal
so‘zlarning badiiy asarda ishlatilishi hodisasini bir-biridan farqlash zarur.
Yozuvchilar o‘z asarlarida hayotning realistik tasvirini chizish, mahalliy koloritni
berish, personajlar nutqini individuallashtirishda yoki biron tushunchaning
shevadagi atamasi kitobxonga ahamiyatli bo‘lgan holatning ma’lum mahalliy
belgisini bildirsagina dialektal so‘zlardan foydalanishlari mumkin. SHeva
so‘zlarining mana shunday vazifalarda ishlatilganini A.Qahhorning «O‘tmishdan
ertaklar» nomli sarguzasht qissasidan olingan parchada kuzatish mumkin.
1. ...tor ko‘prikning ustida bo‘riq yotgan ekan, shuni tepib zovurga
tushirmoqchi bo‘lganimda ikkala oyog‘im ko‘tarilib ketdi shekilli, yiqildim,
zovurga tushib ketdim. ...Anhor ko‘prigidan oyog‘imni osiltirib o‘tirib, pesa eb
o‘tirganimda birdan ko‘nglim to‘ldi-yu, ko‘kragimdan yig‘i o‘rniga bir kuy otilib
Dostları ilə paylaş: |