yomg‘irda plashim nam bo‘ldi, yomg‘irda plashim ho‘l bo‘ldi bog‘lanishlarning
keyingisida belgi darajasi kuchliroq. Nutqda fikr ottenkasi yoki emotsiyasiga,
leksik, grammatik yoki uslubiy xarakteriga mos sinonim so‘zlardan faqat bittasi
tanlab olinadi va ishlatiladi. SHu sababdan sinonimik qatordagi so‘zlar o‘rtasidagi
ba’zi farqlarni o‘rganish uslubiyatning vazifasi hisoblanadi.
Muayyan sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlar konkret hollarda ma’no
tomonidan bir-biridan ajraladi, uslubiy qo‘llanishiga qo‘ra farqlanadi.
Bir sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlar ma’no jihatidan yaqin bo‘lsa
ham, ba’zan ulardan birini ikkinchisining o‘rnida ishlatib bo‘lmaydi. Masalan:
ayanch ahvol, og‘ir ahvol, qiyin ahvol, mushkul ahvol birikmalarida ayanch, og‘ir,
qiyin, mushkul so‘zlari bir-biriga sinonim bo‘lib, ayni o‘rinda ularni almashtirish
ma’noga halal etkazmaydi. Ammo boshqa bir konkret tushuncha yoki tasavvurni
1
Ideografik – grekcha idea – tushuncha, tasavvur, grafik.
ifodalashda bu sinonim so‘zlarni leksik ma’no nuqtai nazaridan baholash lozim
bo‘ladi. Masalan: og‘ir chamadon, deyish mumkin bo‘lgan holda, mushkul
chamadon, qiyin chamadon deyish kulgilidir.
Sinonimlar nutqda ishlatilish doirasi jihatidan ham o‘zaro farqlanadi.
Masalan, lab - barcha nutq uslublarida ishlatiladigan umumnutq so‘zi, dudoq -
badiiy nutq so‘zi; shamol – umumnutq so‘zi; sabo-badiiy nutq so‘zi; eslamoq -
umumnutq so‘zi; xotirlamoq - rasmiy nutq so‘zi; yo‘qlamoq - so‘zlashuv nutqi
so‘zi. Bu xil sinonimlar stil (uslub) sinonimlari deyiladi.
SHuningdek, ishlatilish doirasi chegaralangan yo chegaralanmagan bo‘lishi
mumkin. Masalan: keksa, qari, oqsoqol, nuroniy, mo‘ysafid kabi bir sinonimik
qatorni tashkil etuvchi so‘zlar orasida qari so‘zining ishlatilish doirasi keng. Bu
so‘z insondan tashqari, hayvonlar uchun ham qo‘llaniladi: qari ot, qari tulki kabi.
Lekin oqsoqol, nuroniy, mo‘ysafid sinonim so‘zlarning ishlatilish doirasi
chegaralangan. Bunday holatlar – ishlatilish doirasining keng-torligi sinonimlar
ma’no hajmiga, ya’ni ularning keng yoki tor ma’no ifodalashiga bog‘liq.
Til faktlari sinonim so‘zlar bilan evfemizmlar orasida ma’lum darajada
munosabat borligini ko‘rsatadi. Ma’nosi qo‘pol yoki aytilishi noqulay so‘zlarni
shunday taassurot tug‘dirmaydigan so‘z yoki ibora bilan almashtirish vositalaridan
biri evfemizmlardir. Masalan: kar va qulog‘i og‘ir, o‘g‘ri va qo‘li egri, ikkiqat va
og‘ir oyoq kabi.
O‘zbek tili nutqida nozik ma’no ottenkalarini hamda rang-barang uslubiy
bo‘yoqlarni bera oladigan, sinonimlarga boy so‘zlar mavjud. Mashhur o‘zbek shoir
va yozuvchilari, so‘z ustalari sinonimlardan mohirlik bilan foydalanib kelganlir.
Masalan, Alisher Navoiy o‘zining «Mahokamatul-lug‘atayn» asarida birgina
yig‘lamoq so‘ziga mazmunan yaqin bo‘lgan bir qancha sinonimni keltiradi:
yig‘lamsiramoq, ingramoq, singramoq, o‘kirmoq, qichqirmoq, hoy-hoylab
yig‘lamoq. Alisher Navoiy bu sinonimlar bir-biridan nozik, ma’no ottenkalari va
uslubiy qo‘llanish o‘rinlariga ko‘ra farqlanishini misollar bilan ko‘rsatadi. Ko‘zdan
yosh chiqarmasdan yig‘lash – yig‘lamsiramoqning ma’nosini Navoiy quyidagi
baytda ochib beradi:
Zohid ishqin desaki, qilg‘ay fosh,
Yig‘lamsinuru ko‘ziga kelmas yosh.
So‘ngra Navoiy ingramoq va singramoq so‘zlariga izoh berar ekan, «dard
bila yashurun ohista yig‘lamoqdur va oralarida tafovut oz topilur», deydi va
quyidagi baytni keltiradi:
Istasam davr ahlidin ishqingni pinhon aylamoq,
Kechalar goh ingramoqdir odatim, goh singramoq.
Sinonimik qatorni tashkil qiluvchi qolgan so‘zlarni ham shu tariqa baytlarda
ma’nosini ochib beradi va farqlarini ko‘rsatadi.
Ko‘rinadiki, sinonimlar bir xil ma’nosi bilan birlashuvchi sinonim so‘zlar
qatorini tashkil qilsa, fikr va his-tuyg‘ularni aniqroq, ravshanroq ifodalashga
imkon beradigan uslubiy ma’nolariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi.
Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi sinonimlardan to‘g‘ri foydalanishga
bog‘liq. Ba’zi sinonim so‘zlarning ma’nosini farqlash birmuncha murakkab bo‘ldi.
Hatto, adabiy nutqni yaxshi biladigan, sinonimlarni to‘g‘ri tanlab, ularni maqsadga
muvofiq ishlata oluvchi kishilar ham ko‘pincha sinonimik so‘zlar ottenkalaridagi
tafovutlarni tushuntirishda ojizlik qilishlari mumkin. Masalan: bir sinonimik
qatorda iflos, isqirt, irkit, isliqi, iqna so‘zlarining ma’no nozikliklarini osongina
izohlab berish qiyin.
Sinonim so‘zlarning ma’no qirralarini to‘g‘ri anglash va o‘z o‘rnida
qo‘llash ularning qanday so‘zlar bilan birikib kela olishi imkoniyatlarini ham
hisobga olishni talab etadi. Masalan, qasamyod, qasam, ont; qasamyod qilmoq,
qasam ichmoq, ont ichmoq. Qasam qilmoq, ont qilmoq deb bo‘lmaganidek,
qasamyod ichmoq ham deyilmaydi.
Har bir sinonim so‘zning antonimini topish ham sinonim so‘zlarning ma’no
farqini ochishga yordam beradi. Masalan: engil-og‘ir, vazmin-zil, zildek, zalvorli;
oson, o‘ng‘ay-qiyin-mushkul-mahol-mashaqqatli-dushvor. YAna: sekin-tez, ohista-
ildam, sust-jadal kabi.
Sinonim so‘zlar o‘rtasidagi semantik-uslubiy jihatlarni hisobga olmaslik
natijasida so‘z tanlash va qo‘llash bilan bog‘liq nuqsonlarga yo‘l qo‘yilishi
mumkin. Masalan, quyidagi jumlalarda yiqilmoq va qulamoq, tashna va chanqoq,
ozg‘in va oriq so‘zlari o‘rtasida ma’no ottenkalarini, ularning qo‘llanish doiralarini
hisobga olmaslik natijasida uslubiy hatoga yo‘l qo‘yilgan:
1. Buldozer ko‘chamizda yiqilgan va yiqilay deb turgan devorlarni bir
chekkaga surib, yo‘l ochar edi. Yiqilmoq so‘zi, asosan, odam va jonli narsalarga
nisbatan qo‘llaniladi. SHuning uchun bu gapda yiqilmoq o‘rniga uning sinonimi va
asosan, jonsiz narsalarga nisbatan qo‘llanuvchi qulamoq so‘zini ishlatish kerak edi.
2.
Cho‘ponlar
ozg‘in
qo‘ylarning
parvarishiga
alohida
e’tibor
bermayotirlar, gapida odamga nisbatan qo‘llanilgan ozg‘in so‘zi o‘rniga uning
sinonimi oriq ishlatilganda matn mazmuniga mos bo‘lar edi.
3. Brigada a’zolaridan R.Avvalov va M.Qobilovlar tunda tashna g‘o‘zalarni
suvga qondirib sug‘orishyapti, gapidagi tashna so‘zi odamga nisbatan qo‘llaniladi,
odamga va boshqa jonli, jonsiz narsalarning suvtalab holatiga nisbatan chanqoq
so‘zi ishlatiladi.
Bir fikr bayonida sinonimik qatordagi so‘zlardan bir yo‘la ikkisini yoki
undan ortig‘ini ishlatish sinonimlarning uslubiy figura sifatida xizmat qilishi bilan
bog‘liq.
Sinonimlar uslubiy figura sifatida quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
1.Ma’noni kuchaytirish, umumlashtirish, jamlash maqsadida sinonimik juft
so‘zlar ishlatiladi: baxt-saodat, qadr-qimmat, hurmat-ehtirom. Bunday vaqtda
ikkinchi sinonim birinchisining aynan takrori bo‘lmay, balki u ifodalayotgan
tushunchani qo‘shimcha belgisi bilan to‘ldirib turadi:
Kuyov tikilganda baxtiyor, maftun,
G‘uncha lablaringga chiqar nim kulgu.
Sen va’da etding baxtu saodat,
Unda aks etadi misoli ko‘zgu.
(Zulfiya).
2. Fikrning nutqdagi o‘xshash yoki yaqin tafsilotlarini xilma-xil shakllarda
ifodalash uchun ikki yoki undan ortiq sinonimlar ishlatiladi. Bunday vaqtda
sinonimlar turli ko‘rinishlarda, chunonchi, o‘zak sinonimlar shaklida (katta, ulug‘,
buyuk, zo‘r, azim, ulkan), qo‘shma, yasama so‘zlar shaklidagi (dovyurak,
qo‘rqmas) sinonimlar, paralell ishlatiladigan (tema va mavzu, protsess va jarayon),
ekvivalent sinonimlar, birikma sinonimlar (farq qilmoq, tafovut qilmoq) va
nihoyat, evfimistik so‘z yoki so‘zlar birikmasi orqali ifodalanadigan (og‘ir oyoq,
ikkiqat, homilador, yukli) sinonimlar shaklida bo‘ladi.
Sinonimlar nutqni ta’sirchan bayon qilishda hamda uslubning rangdor
bo‘lishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |