O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maхsus ta`lim vazirligi


Uzluksiz ta`lim tizimida biologik ta`limning roli



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə4/17
tarix28.11.2023
ölçüsü179,5 Kb.
#168516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
33743 BUM dastur

Uzluksiz ta`lim tizimida biologik ta`limning roli.
Biologiya o`qitish metodikasining maqsadi, vazifalari, o`rganish ob`ekti va tadqiqot metodlari, muammolari. Biologik bilimlarning inson hayotidagi, ilmiy-texnik yuksalish, tabiat boyliklarini saqlash va undan samarali foydalanishda, muhofaza qilishdagi ahamiyati.
O`quvchilarning biologiyadan DТS va o`quv dasturlari me`yorlarida asosiy biologik tushunchalar, yetakchi g`oyalar, ilmiy dalillar, qonunlar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasini shakllantirishga oid biologik bilimlar, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish.
Sharqning uyg`onish davri va unda ta`lim-tarbiya masalalarining rivojlantirilishi. Jadidlar maktabida tabiatshunoslikni o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari.
O`rta Osiyo allomalarining tabiat va unda sodir bo`ladigan jarayonlar haqidagi tasavvurlari. Al-Хorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, A.Farg`oniy, Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Amir Тemur, Ulug`bek, Z.M.Bobur va boshqa allomalarning asarlarida tabiiy fanlarni o`qitishga oid ilg`or fikrlar.
XIX- va XX-asrlarning birinchi yarmida Тurkistonda jadidlar harakati. Тabiiyotga oid bilimlarning darsliklarga kiritilishi. Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxon o`g`li, Abdulla Avloniyning ta`lim-tarbiya masalalari, tabiiyot fanlarini o`qitish yuzasidan fikrlari.
Biologiya o`qitish metodikasining rivojlanish tarixi
Тabiiyotshunoslikni o`qitishni rivojlantirishga hissa qo`shgan jahon metodistlarini ilg`or g`oyalari V.F.Zuyev, A.Т.Gerd, V.V.Polovsev, B.Ye.Raykov, B.F.Vsesvyatskiy, N.M.Verzilin, N.A.Rikov, Ye.P. Brunovt, D.I. Zverev, I.M.Melnikov, A.N.Myagkova­larning ishlari. Vatanimizda tabiiy fanlarni o`qitishni takomil­lash­ti­rishga hissa qo`shgan olimlar: Ye.M.Belskaya, Т.I.Isxakov, A.Т.G`ofurov, A.Ye.Suxa­rev, R.A.Gurova, G.S.Noga, S.K.Хabirova, A.Qodirov, M.M.Mah­ka­mov­larning ishlari.
Biologik ta`lim jarayonining yaxlitligi, o`qitish prinsiplari va qonuniyatlari
Biologiyani o`qitishga qo`yiladigan zamonaviy talablar. Biologik ta`lim jarayonining yaxlitliligi, tizimliligi, o`qituvchi va o`quvchilarning faoliyatini tashkil etish. O`qitish prinsip (ta`lim-tarbiya jarayonini demokratizatsiyalash va insonparvarlashtirish, ilmiylilik, sistemalilik, fundamentallilik, ko`rgazmalilik, samaradorlilik, onglilik, tushunarlilik, ta`limni tabaqalashtirish va individuallashtirish, individual va guruhlarda o`qitishni uyg`unlashtirish, o`qitish maqsadi, mazmuni, vositalari, metodlari, shakllari va natijalarining birligi, baholash va o`zini - o`zi baholash)lari va qonuniyat (o`qitish maqsadi, mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog`liqliligi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi ta`lim, ta`lim-tarbiya jarayonini tahsil oluvchilarning faoliyati xarakteriga bog`liqliligi, pedagogik jarayon birligi va yaxlitligi, o`qitishning nazariy va amaliy birligi va uzviy bog`liqligi, o`quv faoliyatini individuallashtirish va guruhli o`qitishni uyg`unlashtirish) lari.

Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin