O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maхsus ta`lim vazirligi


Biologiyadan sinfdan tashqari mashg`ulotlar



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə7/17
tarix28.11.2023
ölçüsü179,5 Kb.
#168516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
33743 BUM dastur

Biologiyadan sinfdan tashqari mashg`ulotlar
Biologiyadan sinfdan tashqari mashg`ulotlarning maqsadi, vazifalari, ta`lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarning turlari: o`quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan, guruhli va ommaviy mashg`ulotlar. O`quvchilarning yakka tartibda ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarini tashkil etish, tirik tabiat burchagi, maktab tajriba maydonchasi, tabiatda va mustaqil ravishda tajribalar va kuzatishlar o`tkazish, kuzatish kundaligini yuritishni o`rganish. Biologiyadan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ishlar. Ko`rgazmali qurollar tayyorlash va butlash, ma`ruzalar tayyorlash ilmiy anjumanlar, xaftaliklar o`tkazish.
Biologiyani o`qitishda ta`lim-tarbiyaning uzviyligi
Biologiyani o`qitishda o`quvchilarni ma`naviy, axloqiy, aqliy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jinsiy, gigiyenik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalari.
Biologiyani o`qitishda o`quvchilar ongi va qalbiga milliy g`oyani singdirish yo`llari
Biologiyani o`qitishda g`oyaviy yo`naltirilganlik. Biologiya darslari, darsdan, sinfdan tashqari mashg`ulotlar va ekskursiyalarda o`quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g`oyasini sindirish yo`llari. O`quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yo`llari.
Biologiya o`quv xonasi va tirik tabiat burchagi va maktab tajriba maydonchasini tashkil etish va unda olib boriladigan o`quv ishlari.
Biologiya o`quv xonasi va o`quv jihozlariga qo`yiladigan pedagogik, gigiyenik, estetik va metodik talablar. Biologiya o`quv xonasi, jihozlar saqlanadigan xona va tirik tabiat burchagi. Biologiya o`quv xonasidagi jihozlar. Laboratoriya jihoz (isitish, o`lchov, optik asbob)lari. Ko`rgazmali qurollarni joylash, butlash va saqlash. Тirik va tabiiy ob`ektlar. Тasviriy ko`rgazmali qurollar, tabiiy va sun`iy materiallardan o`quv jihozlarini tayyorlash. Biologiyadan mavzular bo`yicha ko`rgazmali qurollar majmuasi.
O`rta maxsus, kasb – hunar muassasalarida biologiyani o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari.
O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida o`qitiladigan biologiya (evolyutsiya va ekologiya asoslari) DТS va o`quv dasturining tahlili. Biologiyani o`qitishning maqsad va vazifalari, o`ziga xos xususiyatlari. O`quvchilarda shakllantiriladigan umumiy biologik, xususiy tushunchalar, ko`nikma va malakalar. Tabiiy yo`nalishdagi akademik litseylarda biologiyani o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari.

Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin