Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari Bakalavr mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini xisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
nazariy material bo‘yicha misol va masalalar yechish,
elektron platformada mustaqil ta’limni nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
Bakalavrga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko‘riladi, test yoki savol-javob o‘tkaziladi.
Amaliy harakterdagi topshiriqlar yechimi ko‘rsatiladi va o‘xshash misollar yordamida tekshiriladi.
VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar bo‘yicha tavsiya etilgan mavzular: Amaliy mashg‘ulotlarida bakalavlar ilmiy ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib fan sohasidagi yangiliklar bilan amaliy mashg‘ulotlarini mazmunini boyitadilar.