O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologik tartibi va texnologik sxemasini ishlatish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə101/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologik tartibi va texnologik sxemasini ishlatish

(5.3-jadval). Texnologik tartib me’yori – texnologik jarayonni xavfsiz o‘tkazishni ta’minlaydigan harorat, bosim, daraja, sarf, pH, zichlik qiymatlariga talablar hamda texnik shartlar barcha talablariga javob beradigan tayyor mahsulot olish bo‘yicha o‘rnatiladi.

Suyuq kompleks o‘g‘itlar issiq va sovuq aralashtirish usullari bilan ishlab chiqariladi. Yirik korxonalarda fosfat yoki polifosfat kislotani ammiak bilan neytrallash orqali issiq aralashtirishda ammoniy orto- va polifosfatlarining asosiy eritmalari olinadi. Sovuq aralashtirish usuli iste’molchiga yaqin hududda kichik qurilmalarda ishlatiladi. Bunda o‘g‘it
– asosiy eritmaga karbamid, ammoniy nitrat, kaliy tuzlari qo‘shish orqali ozuqa moddalarining talab etiladigan nisbatida tayyorlanadi.
5.10-rasmda suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish sxemalaridan biri tasvirlangan. Bu sxema bo‘yicha termik fosfat kislota 60OC haroratda ammiakli suv bilan neytrallanadi. So‘ngra eritmaga (pH= 6,57,5; NH3:H3PO4 1,81,9 molyar nisbati) karbamid va kaliy xlorid qo‘shiladi. Olinadigan suyuq o‘g‘it tarkibida 27% ozuqa elementlari (9–9–9) bo‘ladi.


26.1-jadval
SKO‘ ishlab chiqarish texnologik tartibining asosiy ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkich


Jihozning tas-


virdagi raqami

Ko‘rsatkich


qiymati


1


2


3

Superfosfat kislotani qabul qilish va saqlash


Tushirishda sisternadagi SFK harorati, OC



60-70

Sisternadagi SFKni isitish uchun bug‘ning


bosimi, MPa (kgs/sm2)


0,2 (2)

SFKni isitishda issiqlik almashtirgichdan


chiqishda uning harorati, OC

E6

70-80

SFKni saqlash harorati, OC


R1, R2

60-70

Suyuq kompleks o‘g‘it olish


Reaktorga tushadigan SFK miqdori, t/soat


A6A, A6B


25 gacha


Reaktorga kirishda SFK harorati, OC


E7

75-80

Reaktorga kirishda SFK bosimi, MPa (kgs/sm2)


A6A, A6B


≤ 0,6 (6)


Qurilmaga tushadigan suyuq NH3 miqdori,


t/soat

A2

6,1 gacha

O‘z-o‘zini sovutish tizimigacha suyuq NH3


bosimi, MPa (kgs/sm2)

A2

≥ 1,4 (14)

O‘z-o‘zini sovutish tizimidan so‘ng suyuq NH3


bosimi, MPa (kgs/sm2)

A2

0,7 (7)

Bug‘latgichda suyuq ammiak darajasi, %


E2

30-70

Isitgichdan so‘ng gaz holatidagi ammiak


harorati, OC

E3

45-55

Isitgichdan so‘ng gaz holatidagi ammiak


bosimi, MPa (kgs/sm2)

E3

0,65-0,75
(6,5-7,5)

Reaktorga kiradigan gaz holatidagi ammiak


miqdori, t/soat

A6A, A6B


4,3 gacha


Qo‘shimcha neytrallagichga kiradigan gaz


holatidagi ammiak miqdori, t/soat

A3

1,8 gacha

Reaktordagi harorat, OC


A6A, A6B


≥ 300

Qo‘shimcha neytrallagichdagi SKO‘ harorati, 0C

A3

60-70

Issiqlik almashtirgichdan so‘ng


sirkulyatsiyalanuvchi SKO‘ harorati, OC

E4

40

Omborga berishda SKO‘ harorati, OC



25

Qo‘shimcha neytrallagichga beriladigan suv,


t/soat

A3

19,5 gacha

Qo‘shimcha neytrallagichdagi SKO‘ zichligi,


g/sm3

A3

1,400-1,430

Qo‘shimcha neytrallagichdagi SKO‘ pH qiymati


A3

6-7

Tayyor mahsulotni saqlash va tashish


SKO‘dagi P2O5 massa ulushi, %


R5, R6

≥ 34

SKO‘dagi N massa ulushi, %


R5, R6

≥ 10

Konversiya darajasi, %


R5, R6

≥ 57

Suvda erimaydigan qoldiq massa ulushi, %


R5, R6



≤ 0,3





26.4-rasm. Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish sxemasi:
1-vakuum-nasos; 2-temiryo‘l sisternasi; 3-markazdan qochma nasoslar; 4-sifonli qurilma; 5-fosfat kislota saqlagichi; 6 - quyuvchi bak; 7-rotametrlar; 8-ammiakli suv bilan ta’minlash baki; 9-fosfat kislota neytrallagichi; 10-tuzlarni eritish uchun jihoz; 11-oxirgi aralashtirish (aralashtirishni tugallash) uchun jihoz; 12-SKO‘ ombori; 13,14-ta’minlagichli bunker.
1 t o‘g‘it ishlab chiqarish uchun: 0,17 t fosfat kislota (53% P2O5), 0,155 t ammiakli suv (20,5% N), 0,126 t karbamid (46% N), 0,150 t KCl (60% K2O) va 0,4 m3 suv sarflanadi.
Ortofosfat (40-54% P2O5) yoki polifosfat (68-88% P2O5) kislotalarni yuqori haroratli (210-250OC) ammoniylashtirish orqali olinadigan ammoniy polifosfatlar eritmalari asosida yuqori konsentratsiyali o‘g‘itlar asosi: 10–34–0, 11–37–0 va boshqalar tayyorlanadi. Bu eritmalarni uchlamchi suyuq o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun ishlatish naf keltirmaydi, chunki ulardagi ozuqa moddalar konsentratsiyasining yig‘indisi ortofosfat kislota ishlatilgandagiga nisbatan ko‘p bo‘lmaydi.
10–34–0 markali SKO‘ ishlab chiqarishda odatda 68-72% P2O5 li, ma’lum miqdori (25-40%) kondensirlangan shakldagi ekstraksion polifosfat kislota ishlatiladi. Jarayon – 70-120OC haroratgacha qizdirilgan kislotani kichik hajmdagi (o‘tish vaqti 0,1-0,2 s) quvurli reaktorda 1,38 MPa bosim ostida beriladigan gaz holatdagi ammiak bilan neytrallash orqali amalga oshiriladi (5.11-rasm). Reaktorning bir soatdagi ishlab chiqarish unumdorligi kislota bo‘yicha 17 t (50 t/soat 10–34–0 markali SKO‘) bo‘lganda uning hajmi 0,3-0,4 m3 tashkil etadi; reaktordagi harorat 270-380OC ga teng. Neytrallanishni NH3:P2O5 molyar nisbati 3 ga yaqin bo‘lganda o‘tkaziladi. Reaktordan chiqadigan suyuqlanma dastlabki ammoniylashtirgichga tushadi, u yerga ammiakli suv va gaz holatdagi ammiak, shuningdek issiqlik almashtirgichning sovuq eritmasi ham kiritiladi. Ammoniylashtirgichda 50-90OC haroratda va pH =5 6,2 da hosil bo‘ladigan eritmaning qisman issiqlik almashtirgichga – birin-ketin reaktor va dastlabki ammoniylashtirishga qaytib kelish orqali uzatiladi, qisman esa – suyuq ammiakni bug‘latgichga va so‘ngra gaz holatdagi ammiak pH=6,26,7 gacha bilan qo‘shimcha neytrallanishga uzatiladi. 25-35OC haroratli tayyor SKO‘ omborga yuboriladi.
Tarkibida 10,8% N va 33,8% P2O5 bo‘lgan mahsulotdagi fosfatli komponentlarning taxminiy tarkibi: 14% orto-, 13% piro-, 4% tripoli-, 3% tetrapoli-shakllarda (poli-shakllarning ulushi 58%) bo‘ladi; uning kristallanish harorati –17,5OC, pH = 6, 25OC haroratdagi zichligi – 1420 kg/m3 ga teng. 10–34–0 markali SKO‘ – 52-54% P2O5 konsentratsiyagacha bug‘latilgan ekstraksion fosfat kislotani aralashtirgichli silindrik reaktorlarda gaz holatdagi ammiak bilan neytrallash asosida ham olinishi mumkin. Boshlang‘ich kislota 150-200OC haroratgacha qizdiriladi hamda reaktordan va aralashtirgichdan ajralib chiqadigan ammiakni tutib qolish uchun skrubberga beriladi. So‘ngra belgilangan me’yordagi kislota reaktorga berib turiladi, u yerda 240OC

haroratda ammoniy polifosfatlarining suyuqlanmasi hosil bo‘ladi. Suyuqlanmani eritish 80-85OC haroratda aralashtirgichda amalga oshiriladi, u yerga ammiakli suv va (agar lozim bo‘lsa) gaz holatdagi ammiak beriladi. Aralashtirgichda hosil qilinadigan SKO‘ tarkibida muallaq mayda qattiq zarrachalar (aluminiy va temir fosfatlari) bo‘ladi. Mahsulotdagi kondensirlangan fosfatlar ulushining 20-40 dan 50-60% gacha ortishi natijasida muallaq zarrachalar keskin kamayadi.


Qoratog‘ fosforitidan (NamMPI, prof.Q.G‘afurov boshchiligidagi izlanishlar natijalari asosida) olingan, ionitli usul bilan ma’lum darajada tozalangan va ammoniy nitrat ishtirokida 50-60% P2O5 gacha bug‘latilgan ekstraksion fosfat kislota tarkibida ham qandaydir darajadagi polifosfatlar bo‘ladi, chunki kislota tarkibidagi qo‘shimchalar polifosfatlar hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Shunday kislotani 180-220OC haroratdagi quvurli reaktorda dastlab gaz holatdagi ammiak bilan neytrallash, hosil qilingan suyuqlanmani sirkulyatsiyali sovutilgan (35-40OC gacha) SKO‘ eritmasi va ammiakli suv (lozim bo‘lsa gaz holatdagi ammiak) bilan 50-90OC haroratda pH=6,26,7 gacha bilan qo‘shimcha neytrallanish orqali yaxshi fizik-kimyoviy xossaga ega bo‘lgan SKO‘ ham olingan.
Talab etilgan tarkibdagi SKO‘ olish uchun 10–34–0 va 11–37–0 eritmalar asosi kichik quvvatli (0,2-2,5 ming t/yil) qo‘zg‘olmas va harakatlanuvchi qurilmalarda azot va kaliy tutgan komponentlar bilan aralashtiriladi. Buning uchun aalashtirgichga sovuq eritma asosi, karbamid, ammoniy nitrat, kaliyli tuz, mikroelementlar beriladi. Aralashtirishni 35-45OC haroratda va komponentlarni jadal aralashtirilgan holda o‘tkaziladi; tayyor SKO‘ omborga jo‘natiladi. Buday qurilmalar ko‘pincha 50 km masofagacha joylashgan iste’molchiga suyuq o‘g‘it yetkazib berishda foydalaniladi.
Muallaq holatda erimaydigan tuzlar, stabilizatorlar va boshqa moddalardan iborat mayda dispersiyali suyuq kompleks o‘g‘itlar – suspenziyali suyuq kompleks o‘g‘it (SSKO‘) lar deyiladi. SSKO‘ sifati – uning zichligi, qovushqoqligi, qattiq zarrachalar o‘lchami, qattiq fazaning cho‘kish darajasi va pH bilan tavsiflanadi.
SSKO‘ ning turg‘unligini oshirish uchun bentonitli gillar va shunga o‘xshash qo‘shimchalardan foydalaniladi. Ular suspenziyani quyultirsada, ammo kristallar o‘sishini to‘xtatadi, ularning cho‘kish tezligini kamaytiradi va kristallarning muallaq holatda turishini ta’minlaydi. Bunda ammiak qo‘shilganda (kislota kiritilgandan so‘ng yoki ularni bir vaqtda kiritish) suspenziyalovchi agent ta’siri yanada samaraliroq bo‘ladi. SSKO‘ni texnologik tayyorlashda ularning juda sekin taqsimlanishi ta’minlab turilishiga rioya qilinadi. Barqaror suspenziyalangan o‘g‘itlar turg‘unlashtiruvchi agentlarsiz ham olinishi mumkin, bunda komponentlar kiritishning belgilangan tartibiga qat’iy rioya qilinishi kerak. SSKO‘ga kiritishdan oldin barcha qattiq komponentlar 0,85 mm dan katta bo‘lmagan o‘lchamgacha maydalanishi kerak.
KCl mayda kristallarini ishlatish SSKO‘da uning cho‘kishini bartaraf etadi. Eritmani 25OC gacha sovutilishi natijasida kaliy xloridning eruvchanligi kamayadi. Uning sekinlik bilan eritilishi kaliy nitratning beqaror shakldagi kristallari hosil bo‘lishini yo‘qotadi.
Bir xil shakldagi va belgilangan o‘lchamdagi kristallar hosil qilish uchun kaliyli komponentlar qo‘shishdan oldin gilli suspenziya sovutiladi. O‘g‘itlarni issiq aralashtirishda ammoniy fosfatning qaynoq eritmasiga qattiq tuzlarni qo‘shmaslik kerak. Bunda tuzlarning yirik kristallar hosil qilgan holda qayta kristallanishi kuzatiladi. Yaxshisi dastlab ammoniy fosfat eritmasi tayyorlanadi, uni sovutiladi, so‘ngra 0,85 mm dan mayda o‘lchamdagi kaliy xlorid zarrachalari qo‘shiladi.
SSKO‘ konsentratsiyasining ortishi kristallarning o‘sishi va cho‘kish tezligiga ta’sir etmaydi, ammo sistemaning qovushqoqligi ortadi. Shuning uchun talab etiladigan konsentratsiya va qovushqoqlikni ta’minlab turish kerak. Bu esa qattiq zarrachalarning tez cho‘kib qolishini oldini oladi. SSKO‘ konsentratsiyasining yuqori chegarasi uning jihozlar texnik tavsifiga muvofiq keladigan maksimal qovushqoqligi orqali aniqlanadi.
7–20–0 markali suspenziyalantirilgan suyuq kompleks o‘g‘it (SSKO‘) – ekstraksion fosfat kislota va ammiakli suv asosidagi sekin yoyiladigan, loyqali suspenziyadir. Uning tarkibida 6,5-8%N, 19-21% P2O5 bo‘ladi. O‘g‘itning pH =67,5 ga teng bo‘lishi kerak; tinilish darajasi – 50% dan kam emas; uni saqlash va tashish –15OC dan past bo‘lmagan haroratda yopiq uglerodli po‘latdan yasalgan ishdishlarda amalga oshirilishi kerak.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin