O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


-rasm. SFK uzatish uchun rotatsion nasosning ishchi qismi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə103/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

5.12-rasm. SFK uzatish uchun rotatsion nasosning ishchi qismi:
1-korpus; 2-yetaklovchi rotor; 3-boshqaruvchi rotor.


    1. Suyuq kompleks o‘g‘itlar eritmasi olish tarmog‘iga kiradigan jihozlar


Reaktorlar A6A va A6B (5.13-rasm). Bu reaktorlar quvur turida va Г-shaklida bo‘ladi. Zanglamaydigan po‘lat (EI-943) dan tayyorlangan 90O burchak ostida payvandlangan ikkita quvurdan iboratdir. Ichki diametri 250 mm, gorizontal qism uzunligi 4900 mm, vertikal qismi uzunligi esa 3600 mm. Ikkita reaktor o‘rnatiladi – ishchi va zaxira reaktorlari.

5.13-rasm. SFKni ammoniylash uchun quvurli reaktor sxemasi
Qurilma ishlaganda reaktorning ichki yuzasi inkrustatsiya hisobiga muntazam kichrayib boradi. Bunda reaktorning gidravlik qarshiligi ortadi u 0,4-0,6 MPA (4-6 kgs/sm2) ga yetganda reagentlar uzatilishi zaxira reaktoriga o‘tkaziladi. Reaktor ichki yuzasidagi inkrustatsiya mexanik yoki kimyoviy usulda yo‘qotiladi. Reaktorni kimyoviy tozalashda uni 40-50% li KOH eritmasi bilan yuviladi. Yuvishdan so‘ng hosil bo‘ladigan eritma suv bilan suyultiriladi va SKO‘ ishlab chiqarishda ishlatiladi.

SKO‘ olishning ko‘pgina qurilmalarida inkrustatsiya va korroziya ta’sirini kamaytirish uchun reaktor gorizontal qismi ichiga suv bilan sovutiladigan gilza joylashtiriladi. Bunday maqsad uchun reaktorning gorizontal va vertikal qismlari uchun suv beriladi.


Sharoitga bog‘liq holatda reaktorning uzluksiz ishlash vaqti 4-8 sutkani tashkil etadi.
Nasoslar – superfosfat kislota me’yorlashtirgichlari P10 va P11, tuzilishi bo‘yicha SFK uzatish nasoslariga o‘xshaydi. Rotor aylanish sonini o‘zgartiradigan moslama o‘rnatilgan bo‘lib, suyuqliklarni 1-16 m3/soat intervalida uzatishni ta’minlaydi.
Qo‘shimcha neytrallagich A3 (5.14-rasm) – vertikal silindrik jihozdir. Uchta qismdan iborat: qo‘shimcha neytrallagich (quyi qismi), chiqindi gazlarini tozalash uchun skrubber (o‘rta qismi) va chiqarish quvuri. Qo‘shimcha neytrallagichga ikkita reactor o‘rnatilgan: ishchi va zaxira. Qo‘shimcha neytrallagich quyi qismida ammiak kirishi uchun barbotajli qurilma bo‘ladi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin