O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Ammoniy fosfatlarning xossalari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə105/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Ammoniy fosfatlarning xossalari


Ammoniy fosfatlarning xossalari. Ammoniy fosfatlari, odatda, fosfat kislota tuzlari – ammoniy digidrofosfat yoki monoammoniyfosfat [MAF] NH4H2PO4, ammoniy gidrofosfat yoki diammoniyfosfat [DAF] (NH4)2HPO4, va ammoniy fosfat yoki triammoniyfosfat (NH4)3PO4 nomlari bilan yuritiladi. Eng barqaror birikma monoammoniyfosfat hisoblanadi, uni 100-110OC gacha qizdirilganda amalda ammiakning ajralishi kuzatilmaydi. Diammoniyfosfat 70OC haroratdayoq ammiak yo‘qota boshlaydi va monoammoniyfosfatga aylanadi:
(NH4)2HPO4 NH4H2PO4 + NH3
triammoniyfosfat esa havoda 30-40OC da parchalanadi, shuning uchun sanoatda ishlab chiqarilmaydi.
100OC da NH4H2PO4 ustidagi ammiak bug‘ining bosimi amalda nolga, (NH4)2HPO4 ustidagi – 1,2 ga, (NH4)3PO4 ustidagi esa – 85,7 kPa ga tengdir. 125OC da bu tuzlar ustidagi NH3 ning bosimi muvofiq holda 0,008, 4,5 va 157 kPa gacha ortadi. 190,5OC da monoammoniyfosfat ozgina miqdordagi NH3 yo‘qotib suyuqlanadi. Bu haroratda uning degidratlanishi sekinlik bilan sodir bo‘lib, ammoniy polifosfatlarga aylanadi va bu jarayon haroratning ortishi bilan tezlashadi.
20OC dagi to‘yingan suvli eritmada: 27,2% NH4H2PO4 yoki 40,8% (NH4)2HPO4 bo‘ladi, qaynash harorati (109,4OC) da esa 71,8% NH4H2PO4 bo‘ladi. NH3 – H3PO4 – H2O sistemadagi eruvchanlik 3.1-rasmda tasvirlangan.
25OC dagi NH4H2PO4 – (NH4)2HPO4 – H2O sistemasida eruvchanlik diagrammasidan ko‘rinadiki (3.2-rasm), monoammoniyfosfat konsentratsiyasining ortishi bilan diammoniyfosfatning eruvchanligi amalda o‘zgarmaydi, diammoniyfosfat konsentratsiyasining ko‘tarilishi bilan esa monoammoniyfosfatning eruvchanligi ortadi va u NH3:H3PO4 molyar nisbati ~1,5 ga teng bo‘lganda maksimumga erishadi.
0,1 M eritmaning pH qiymati: NH4H2PO4 uchun – 4,4, (NH4)2HPO4 uchun – 8,0 va (NH4)3PO4 uchun esa – 9,4 ga tengdir.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin