O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Kadrlar innovatsiyalarining tashkiliy shakllari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə100/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Kadrlar innovatsiyalarining tashkiliy shakllari


Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot, tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchi bozoridagi raqobat sharoitida kadrlar yangiliklari mehnat jarayonining ajralmas qismiga aylanib, shu sifatda tashkiliylik va boshqaruvni talab qiladi. Bu sohani innovatsion kadrlar menejmenti (IKM) deb ataymiz.
IKM – bu boshqaruv fani va unga mos o‘quv kurslari: innovatsion menejment va personalni boshqaruv sohalari o‘rtasidagi chegara soha bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni - SES (mamlakat, mintaqa, tashkilot) kadrlar qismini yangilash va rivojlantirish usullari va shakllarini inkor qiladi. IKM obyekti – tashkilotlar va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy strukturalar kadrlari va kadrlar tizimlarining yangilanish va rivojlanish jarayonlari, innovatsion xususiyatlari, ehtiyojlari va ko‘rsatkichlaridir. IKM subyekti – tashkilotlar va boshqa strukturalar: kadrlar va mehnat xizmatlarining innovatsion qismlari (bo‘limlar, sektorlar, guruhlar, mutaxassislar) dir.
Tashkilotda IKM maqsadi – kadrlar tizimini tashkilotning joriy va istiqboldagi manfaatlari va maqsadlari, personal rivojlanishini zamonaviy qonuniyatlari, davlat, bozor va kasaba uyushmalari standartlari talablarini inson resurslari rivojlanish darajasiga mos ravishda samarali miqyosi va yangilanish sur'atlarini ta’minlashdan iborat.
Strategik maqsad – asta-sekin bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida mehnat va kasbiy-ta’lim bozorlarining innovatsion salohiyatini, sifat jihatidan yangi, innovatsion faol kadrlar salohiyatini shakllantirish uchun davlat, mintaqa, tashkilot doirasida kadrlarni innovatsion boshqarishning samarali, ko‘p darajali tizimini yaratishdan iborat.
Taktik maqsad (inqiroz va barqarorlashuv davri) – antiinqiroz innovatsion kadr tadbirlari, shu jumladan, kadrlarni kasbiy malaka tarkibini qayta qurish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, hamda asta- sekinlik bilan kadrlar ballastidan qutilish yo‘li bilan mamlakat, mintaqa, tashkilot kadrlar salohiyatining eng yaxshi (elita) innovatsion faol qismini saqlab qolishdan iborat.
IKM funksiyalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin.
Boshqaruv obyekti sifatida kadrlar yangiliklarini amalga oshirish bo‘yicha IKM funksiyalari. Bularga kiradi:


    • inson resurslarini rivojlantirish, tashkilotning yangi kadrlar bo‘yicha muammolarini aniqlash va hal qilish (ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda) sohasida ilmiy-tahliliy ishlarni tashkil qilish va amalga oshirish;

  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin