O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə99/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Psevdoyangiliklar. Kadrlar yangiliklari haqida gapirganda har qanday yangiliklar ham ijobiy, progressiv va samarali bo‘lavermasligini e'tiborga olish lozim. Ular orasida maxsus ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan psevdoyangiliklar mavjud bo‘ladi.
Psevdo (grek tilida yolqon, xayoliy) – bizning holatimizda tashkilotning kadrlar va boshqa tizimlari uchun foyda keltirish o‘rniga zarar yetkazadigan yolg‘on, xayoliy yangiliklarni anglatadi.
Kadrlardagi psevdoyangiliklar – bu subyektivizm oqibatida vujudga kelgan KT yangiliklari bo‘lib, ularning darajasi va samarasini
oshirmaydi (yoki buni vazifa qilib qo‘ymaydi) va yo sun'iy ravishda kadrlar bilan ishlashning eski usullarini ozgina yangilash (innovatsion imitatsiya), bosh?v real faoliyatda bo‘lgan va psvdonovatorni
?oni?tiruvchi usullarni yashirish (innovatsion spekulyatsiya), yoki progressiv yangiliklarga to‘siq qo‘yib va ultrazamonaviy vaqti kelmagan yangiliklarni kiritib kadrlarni yangilashning progressiv kursini diskreditatsiya qilish (innovatsion diskreditatsiya) maqsadida amalga oshiriladi.
Kadrlar tizimida uchraydigan psevdoyangiliklarga misollar keltiramiz:
yetarlicha obyektiv asoslarsiz va uni amalga oshiruvchilarda yangi kadrlar faoliyatining dasturi bo‘lmagan holda kadrlarni tez-tez almashtirib turish;

  • zaruriy kompleks kadrlar islohotlari o‘rniga lokal, qisman va ikkinchi darajali kadrlar yangiliklarini kiritish;

  • qisman kadrlar o‘zgarishi bilan cheklanish mumkin bo‘lgan holda kadrlar islohotlarini o‘tkazish;

  • eski usullar va kadrlar ballastini yo‘qotmasdan turib kadrlar islohotlarini o‘tkazish;

  • kadrlar zahirasi bo‘lmagan holda va yetarli bo‘lmagan tanlov sharoitida rahbar kadrlarni o‘zgartirishga harakat;

  • elita kadrlari va novatorlar ishini qiyinlashtiruvchi kadrlar yangiliklari («teng» huquqlar, ish haqi to‘lashda hammani bir xil qo‘yish va h.k.);

  • yangi, lekin noprofessional sabablarga ko‘ra regressiv kadrlar tanlovi va buyruqlari, bunda ushbu davrda kuchsizroq kadrlar keladi;

  • novator kadrlarni «tinchlikni buzuvchilar» sifatida mo‘'tadil, lekin kamroq ijodkor kadrlar bilan almashtirish;

  • yuqori tashkiliy darajada kadrlar ishini yangilamay turib, pastki tashkiliy darajada kadrlar ishini yangilashga harakat. Va aksincha

  • yangi progressiv rahbariyat kelishi va lekin konservativ jamoa yoki jamoa yadrosini yangilash huquqiga ega bo‘lmaslik.

    1. Yüklə 5,17 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin