Nаzоrаt vа muhоkаmа uсhun sаvоllаr 1.Jamiyatning ijtimoiy strukturasi va inson resurslarini boshqarish yo‘nalishlarini aytib bering
Inson resurslarini boshqarish va ijtimoiy munosabatlar bog‘liqligini asoslahg
Human Resourse Management. Fefteenth Edition/Robert L.Malthis, John H.Jackson Sean R. Valentine. Patricia A. Megllch 2017.2014 Cengage Learning WCN 02.200.206
Абдураҳмонов Қ.Х., ва бошқалар., Инсон тараққиёти.Дарслик . Т-«Фан ва технология».2014.-234 б
Abdurakhmanov K.Kh. Management of tourism: Tutorial. - Jakarta.: Gundarama Publisher, 2014.-350 с
Карташова Л.В. Управление человеческими ресурсами : Учебник/ Л. В. Карташова. -М.: ИНФРА-М, 2014.-456 с
Kadrlar tizimi (KT) – ijtimoiy-iqtisodiy tizimning (tashkilotning) markaziy va eng murakkab tashkiliy kichik tizimi (yadrosi) bo‘lib, uning mehnat salohiyatini (uning miqdoriy, sifat va tarkibiy ko‘rsatkichlari), uning turli qismlari – kadrlarni, shuningdek, maqsadlar, qoidalar va ularni ishlashi va rivojlanishining mexanizmini qamrab oladi.
Kadrlar va kadrlar tizimining rivojlanishi – bu ularning miqdoriy va sifat jihatdan to‘xtovsiz yuqoriga o‘zgarishi (darajasining ortishi, yangilanishi), yangi maqsadlar, funksiyalar, professional malaka va kommunikatsion ko‘rsatkichlar, tarkib, o‘zaro aloqa, boshqarish va subyektlari va usullariga ega bo‘lgan yangi holatga o‘tishidir.
Ko‘rinib turibdiki, KT rivojlanishi kadrlar, kadrlarni boshqarish subyektlari (bo‘limlar, xizmatlar), personal bilan ishlash shakllari va usullarini o‘zgarishidan iborat. Bu o‘zgarishlar progressiv tomonlarni (masalan yangi kasb kadrlarini tayyorlash) ham, resressiv tomonlarni (qayta tayyorlash mumkin bo‘lmagan eski kasblardagi kadrlarni bo‘shatish) qamrab oladi.
Shunday qilib, kadrlar innovatikasi ikkita o‘zaro bog‘liq bloklardan iborat:
KTga yangi elementlar, shakllar va usullarni kiritish: KTdan eskirgan elementlar, shakllar va usullarni chiqarish.