O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə94/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Nizo sharoiti – bu janjaldan ilgari ro‘y beradigan, janjalning sabablari va shartlari to‘plami. Nizo sharoiti o‘z navbatida ikkita moddadan iborat bo‘ladi:

  • e’tiroz beruvchi kishilardan, ya’ni qarama-qarshi harakatdagi odamlardan (opponentlar);

  • mojaroning asosidan, ya’ni nizoning ildizida yotgan asl sababdan.

Opponentlarning "kuchi" faqatgina ularni janjalda odilona, mantiqli fikr yuritishlariga bog‘liq emas. Ularning "kuchi" ularning martabasi darajasiga ham bog‘liq. Har bir janjalda opponentlar to‘rtta martaba darajasidan bittasiga mansub bo‘lishi mumkin.
Nizo asosi – bu janjalning ildizida yotgan to‘qnashuv sababidir. Odatda bu sababni aniqlash qiyin. Ko‘pgina nizolarning asl sababi – bu barcha opponentlarning ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat yo‘qdigi, bor talabalarni qoniqtirishda chegaralangan imkoniyatlar mavjudligidadir.
Har bir nizo sharoitidan janjal paydo bo‘lishi uchun opponentlarning bir-biriga qarama-qarshi amaliy harakati kerak. Bu harakat, ya’ni to‘qnashuv mavjud bo‘lmaguncha janjal sharoiti uzoq vaqt (chegarasiz) sharoitligicha qolaveradi, ammo nizo boshlanmaydi. Bundan xulosa shuki, janjal – bu janjal sharoiti va undagi opponentlarning bir-biriga qarshi harakatidir.
Janjal sharoiti yuz bergan janjaldan ancha avval mavjud bo‘ladi. Nizo sharoiti obyektiv sabablarga ko‘pa mavjud bo‘ladi. Opponentlarning bir-biriga qarshi harakati (to‘qnashuv) tasodifan kelib chiqishi mumkin.
Nizolar o‘zining qator belgilari bilan bir-biridan farq qiladi.
Amaliy nizo odatda qat’iy prinsipal tortishuvlarda mavjud bo‘ladi. Amaliy nizo odamlarni ahillashtiradi, muhim muammolarni yechishga yordam beradi va har yerda sog‘lom ruhiy muhit yaratadi. Amaliy nizo foydali raqobatchilikni rivojlantiradi va ochiqdan ochiq prinsipial tanqiidlarga va o‘zini-o‘zi tanqid qilishga asoslanadi. Amaliy nizo ko‘pincha demokratik boshqarish usulida va ishlab chiqarishga oid bo‘lgan tortishuvlarda uchraydi.
Vayronaniy nizo ko‘pincha gan chuvlashishidan, arzimas mayda gap g‘avg‘olar oqibatida ro‘yobga keladi. Bu holda opponentlar ish manfaatini ko‘zlamaydi. Ularning butun xayoli kurashga jalb etiladi va raqibiga qanchali ko‘proq zarba berishga qaratiladi. Shaxslararo mojarolarda va avtoritar uslubdagi boshqaruvda odatda vayronaviy nizolar ko‘p uchraydi.
Nizoning oldini olish bu nizo sharoitini payqab to‘qnashuv chiqmaguncha opponentlarni bir-biri bilan kelishtirish yoki nizoning ildizida yotgan kelishmovchilik sababini bartaraf qilishdir.
Nizoni hal etish – bu shaxslararo munosabatni kelishtirish. Bunga opponentlarning maqsadlarini, fikrlarini va ehtiyojlarini bir- biriga moslash orqali erishish mumkin. Ziddiyat nizo sharoitidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri janjalga aylangandan so‘ng nizo hal etiladi.
Nizolarni hal etilish yo‘llari:

  • birinchi opponent ikkinchi opponentning fikriga qo‘shiladi;

  • ikkinchi opponent birinchi opponentning fikriga qo‘shiladi;

  • ikkala opponentlar uchunchi, har tomonlarni qoniqtiradigan shartga rozi bo‘lishadi;

  • ikkala opponentlar o‘z fikrlarida qolishadi va qarama- qarshi fikrlar mavjudligida hamjihatli mehnat qilishga va yashashga ko‘nikishadi.

Nizolarni hal etish uchun rahbar kuyidagi qoidalarga rioya qilishi kerak:

  • nizodan xulosa chiqarish uchun rahbar ikkita opponentnng gapini eshitishikerak;

  • rahbar e’tiborini opponentlarning o‘zini tutishlariga emas balki nizoni asosida yotgan sababga qaratishi kerak;

  • nizoni hal etishda rahbar o‘z buyrug‘ini kuchiga ishonmasligi kerak;

  • opponentlarni yarashtirishda ularni bir-biriga to‘g‘pi keladigan gaplariga jiddiy to‘xtalib, zid keladigan fikrlarini arzimaydigan mayda gap tariqasida keltirishi lozim.

  • sodir bo‘lgan janjalning tafsilotini rahbar tez-tez muhokama qilishdan bosh tortishi kerak: chunki muhokama jarayonida opponentlarning asabi qancha vaqt o‘tganligiga qaramay qaytadan qo‘zg‘aladi. Bu vaziyatda opponentlarni yarashtirish ancha qiyinlashadi;

  • opponentlarga bovar kelish uchun rahbar jamoatchilik fikridan va ta’sir kuchidan oqilona foydalanishi lozim;

  • mojaro oqibatida korxona moddiy va moliyaviy zarar ko‘rishidan rahbar barvaqt kerakli choralarni ko‘rib qo‘yishi kerak;

  • opponentlar yarashganlaridan so‘ng ularning munosabatlari

dastlab, rahbarning nazorati ostida bo‘lishi lozim. Kerak bo‘lsa ularni ongli, insofli va vijdonli bo‘lishga chorlash lozim.
Nizolarni hal etish algoritmi sizdan quyidagi bosqichlarni bajarishni talab qiladi:

  1. Ziddiyatni muhokama qilish uchun ikkinchi tomon bilan qulay vaqtni kelishib oling;

  2. Opponentlarga nisbatan samimiy bo‘ling;

  3. Ultimatumlardan foydalanmang;

  4. Muzokara davomida nizoning asosiy mazmuniga rioya qiling;

  5. Muzokara davomida o‘z maqsadlaringizni ravshanlashtirib boring;

  6. Nizoni hamjihatlik shaklida hal etib, ikki tomonning manfaatlarini to‘la qoniqtirishga intiling;

  7. Nizoni hal etuvchi shartnoma natijalari asosida o‘z zimmangizga olgan majburiyatlaringizni, albatta, to‘la va o‘z vaqtida bajaring;

  8. Muzokara davomida opponentlarning har bir so‘zini hurmat bilan eshiting va e’tibor bilan hamma gaplarini tushunishga intiling.

Har bir mutaxassis va rahbarning nizolarning oldini olish va hal etish bilim va qobiliyatlar bilan qurollantirish hozirgi zamonning eng dolbzar talablaridan biriga aylanib qoldi.
Bu vazifalarni bajarishning murakkabligi shundaki: nizolarni hal etishda yagona oqilona retsept yoki bitta eng afzal konsepsiya yo‘q. Har vaqtda va har joyda nizoni hozir mavjud bo‘lgan sharoitga rioya qilgan holda hal etish kerak.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin