ish joylari, mehnat va personalning rivojlanishi uchun lavozim rivojlanishi sxemalarini ishlab chiqish va lavozim yo‘riqnomalarini takomillashtirish;
xizmat va kasbiy karyera darajalari bo‘yicha xizmatchilarni ko‘tarish va joyini o‘zgartirish, rahbar personal kadrlar zahirasini shakllantirishni va u bilan ishlashni tashkil etish;
elita va novator kadrlar bilan ishlash;
yangiliklar kiritishda personalni motivlashtirish;
mehnat hayoti standartlari va sifatini oshirishni ta’minlash.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan shuni xulosa qilish mumkinki, kadrlar innovatikasi zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy- iqtisodiy tizimlar (tashkilotlar) faoliyatini rivojlantirishda eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot, tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchi bozoridagi raqobat sharoitida kadrlar yangiliklari mehnat jarayonining ajralmas qismiga aylangan.
Hozirgi davrda tashkilot IKMsi – kadrlar tizimini tashkilotning joriy va istiqboldagi manfaatlari va maqsadlari, personal rivojlanishining zamonaviy qonuniyatlari, davlat, bozor va kasaba uyushmalari standartlari talablarini inson resurslari rivojlanish darajasiga mos ravishda samarali miqyosi va yangilanish sur'atlarini ta’minlashda asosiy o‘rin tutadi.