O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə167/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Yakunlovchi bosqichda korxona rahbariyati attestatsiya natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi:

  • atestatsiya qilingan xodim to‘g‘risida bevosita rahbarining fikr-mulohazalari bayoni;

  • attestatsiya qilingan xodim faoliyatining, uning tarmoqdagi uzluksiz ta’lim tizimida malakasini oshirishining baholanishi;

  • attestatsiya qilingan xodim malaka, amaliy va shaxsiy sifatlarining baholanishi hamda ushbu sifatlarning ish joyi talablariga muvofiqligi;

  • attestatsiya qilingan xodim faoliyati to‘g‘risida attestatsiya komissiya har bir a’zosining fikri;

  • xodimning avvalgi attestatsiyasi materiallarini joriy attestatsiya ma’lumotlari bilan taqqoslash natijalari;

  • attestatsiya qilingan xodimning o‘zining o‘z ishi va mavjud salohiyati imkoniyatlaridan foydalanishi to‘g‘risidagi fikri.

Attestatsiyada xodimning mehnat intizomiga rioya qilishi, qo‘yilgan vazifalarni hal etishdagi mustaqilligi, o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishiga alohida ahamiyat beriladi.
Attestatsiya komissiyasi attestatsiya qilingan xodimni yuqori lavozimga ko‘tarish, erishilgan muvaffaqiyatlar uchun mukofotlash, ish haqini ko‘paytirish, boshqa ishga o‘tkazish, egallab turgan lavozimidan bo‘shatish va hokazolar to‘g‘risida tavsiya beradi. Attestatsiya komissiyasining xulosa va tavsiyalaridan korxonada kadrlar siyosatini amalga oshirishda foydalaniladi.
Attestatsiya qilinayotgan xodimlarga nisbatan attestatsiya komissiyasi va rahbariyatning subyektiv xulosalaridan ijtimoiy himoyalash vositasi sifatida xodimga qo‘yilgan baholar hamda xulosalar salmog‘i (13.4- jadval) ham hisobga olinadi.
Xodimni attestatsiya qilish paytida, albatta, uning mehnatiga haqto‘lash shart va sharoitlari baholari, texnologiya jarayonini va ish joyini takomillashtirish yuzasidan takliflar umumlashtiriladi, Inson resurslarini kasb malakasini oshirish chora-tadbirlari belgilanadi.
Inson resurslarini attestatsiyasi xodimlarning muayyan davrdagi faoliyati natijalarini baholash bo‘lib, mehnatni boshqarish umumiy jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi.

    1. Yüklə 5,17 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin