Xodimni obyektiv baholash uch asosiy vazifani hal etishga asoslanadi:
Baholashning obyektiv mezonlarini hamda umumiy mezonlarga aniqlik kirituvchi omillarni topish.
Omillarni har bir mikdor bo‘yicha ifoda etish usullarini aniqlash. 3.Baholash tarkibini maqbullashtirish.
Baholashning bosh masalasi – uning ko‘rsatkichlarini (13.5-jadval) belgilashdir. Baholash ko‘rsatkichlari bir hodda xodimning tashkiliy- ijtimoiy tizimga, ikkinchi bir holda - xodimning kasbiy talablarga
muvofiqligini belgilaydi.
Baholash ko‘rsatkichlari g‘oyat xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan ularni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin:
1.Shaxsiy sifatlar. 2.Kasb malakasi sifatlari. 3.Mehnat samaradorligi.