Shaxsiy sifatlarni aniqlash juda oson ko‘rinsa ham, ko‘rsatkichlarning ushbu guruhini tanlash, tavsiflash va hisoblashda
jiddiy muammolar yuzaga chiqadi. Bu shaxsiy sifatlar qo‘rsatkichlari muayyan darajada cheklanganligi, ularni baholashda subyektivizmdan qochishning murakkabligi, shaxsiy sifatlar namoyon bo‘lishini bevosita kuzatish imkoniyati yo‘qligi bilan bog‘liqdir.
Xodim muayyan ishni bajarar ekan, uning mehnat faoliyati, erishgan natijalarini baholash qiyin emas. Ammo bu faoliyat jarayonida uning shaxsiy sifatlari ochiq-ravshan namoyon bo‘lmaydi. Shuning uchun shaxsiy sifatlarni baholashga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur.
Kompaniya va firmalarda Inson resurslarinini baholashning turli uslublari (reyting, tabaqalash, test sinovlari, xodim to‘g‘risida menejer fikr-mulohazalaridan iborat bayon uslubi, baholash markazlari va hokazolar) mavjud (13.2.2- rasm).
Xodimlarni baholash ko‘pdan buyon qo‘llanilib kelinmoqda jihatdan xodimlarni baholashning tadrijiy rivojlanishi (13.6-jadval) diqqatga sazovordir.
– jadval Inson resurslarinini baholash tizimlari yaratilishi bosqichlari
Baholashningdastlabkiusullari
Tarjimai hol bayoni
Ixtiyoriy ravisda og‘zaki yoki yozma
Tafsifnomalar tizimi
Hodim muayyan davrda bajargan ishining bayoni
Ijroni baholash
Hodim muayyan davrda bajargan ishining bayoni
Etalon usuli
Eng yaxshi hodin bilan taqqoslash (masalan, o‘z vaqtida O‘zbekistonda mashinada eng ko‘p paxta tergan kombayn haydovchisiga tenglashtirish)
Matritsa usuli
Hodim amaliy sifatlarni talab etiladigan sifarlar, masalan xizmat
yo‘riqnomasi bilan taqqoslash
Yillik formalar bo‘yicha
baholash tasniflarini erkin tanlash tizimi
Ekspert hodimlarning guruhlashtirilgan sifatlaridan baholanayotgan shaxsga
enf mos sifatlar tanlab olinadi. Erkin tanlashda baholanadigan sifatlar miqdori cheklanmaydi
Bu yuqoridagi usulga o‘xshash. Ammo guruhlashtirilgan sifatlar majburiy tanlanadi. Tizimning ikkinchi turi yillik tasniflardan o‘xshash turlarini
tanlash
Hodisalar bo‘yicha baholash
Ishdagi nuqsonlar tahlil etiladi yoki baholanayotgan xodimning murakkab va og‘ir sharoitida o‘zini tutisgi baholanadi
Avval qo‘yilgan maqsadga
etishish bo‘yicha bahollash
U bir necha bosqichdan iborat: maqsadni qo‘yish va rahbar bilan birga
muhokama etish, oraliq narozat, yakuniy muhokama