ushbu korxonadagi ish staji (bu mutaxassisning ishlab chiqarish xususiyatlari va sharoitlaridan xabardorligi darajasini ko‘rsatadi);
malaka oshirishi davriyligi (mutaxassis bilim va ko‘nikmalari hozirgi davrda tez eskirib qolishini hisobga olgan holda kamida 5 yilda bir marta yangilab turilishi kerak).
Mutaxassisni baholash mezonlari
Mutaxassisni baholash mezonlarini ikki guruhga birlashtirish mumkin:
Mutaxassisamaliysifatlarimezonlari. Bularga xodimning kasbiy malakasi, o‘z faoliyatini aniq rejalashtirish va tashkil etish qobiliyati, topshirilgan ish uchun mas’uliyat hissi, topshiriqni bajarishi,
ishchanlik, odamlar bilan aloqa o‘rnatish layoqati kiradi.
Mehnatulushinibaholash. Mazkur guruh mezonlari sifatida xodim ishidagi yangilik darajasi va ijodkorlik belgilari, loyihalashtirilayotgan texnologik jarayonlar yoki konstruktorlik yechimlar murakkabligi, bajarayotgan ishlarining xilma-xilligi, unga yuklangan rahbarlik ko‘lami va murakkabligi, xizmat vazifalaridan kelib chiqadigan mas’uliyati darajasi qo‘llaniladi.
Bu ikki guruh mezonlari miqdoriy ko‘rsatkichlari qo‘'shilib, mutaxassisning kompleks bahosi chiqariladi. Mutaxassis kompleks bahosi quyidagicha aniqlanadi: