L1 -mutaxassis amaliy sifatlari baholari yig‘indisi;
K1 -kasbdarajasi koeffitsenti;
L2-mutaxassis faoliyati amaliy natijasi;
K2- mutaxassis xizmat vazifalari murakkabligi koeffitsienti.
Mutaxassis faoliyatini baholashda u yoki bu ko‘rsatkichlarni tanlash attestatsiya o‘tkazish uchun tanlangan usulga bog‘likdir. Mutaxassisni attestatsiya qilishda odatda quyidagi usullardan birini tanlash mumkin:
bayon usullari;
aralash usullar;
baholashning sun’iy - miqdoriy usullari.
Bayonusullariga eng avvalo tarjimai hol bayoni asosida mutaxassis faoliyatini baholash tajribasini kiritish mumkin. Ushbu usullar guruhiga shuningdek, rahbarlar tomonidan mutaxassis faoliyatiga
og‘zaki yoki yozma tavsif berish ham taalluqlidir.
Bayon usullariga yana quyidagilar kiradi:
„Muammoli voqealar" usuli. U mutaxassis tomonidan attestatsiya qilinayotgan davr faoliyatida erishgan eng yuksak natijasi yoki yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini qayd etishdan iboratdir.
Guruhiybahsusuli. Bu usulda ekspertlar guruhi (bu guruh tarkibida attestatsiya qilinayotgan mutaxassisning bevosita rahbari ham bo‘lishi mumkin) mutaxassis bilan uning faoliyati haqida yakkama- yakka suhbatlashadi. Ana shu suhbat yakunlari asosida attestatsiya qilinayotganlar orasidan eng malakali, tashabbuskor, ishchan, mas’uliyat hissi kuchli, mustaqil faoliyat ko‘rsatishga qodir mutaxassislar tanlab olinadi.