Taqqoslashusullari ham bayon usullari guruhiga kiradi.
Taqqoslash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
etalonusuli. Ushbu usulda korxonadagi eng yaxshi mutaxassislar etalon sifatida qabul qilinadi. Firma mutaxassislari faoliyati ana shu etalon hamkasblari mezonlariga taqqoslash asosida attestatsiya qilinadi;
erkinyokimajburiytanlovusuli. Mazkur usulda ham attestatsiya qilinayotgan mutaxassis sifatlari avvaldan belgilab qo‘yilgan talablarga taqqoslanadi;
aralash usullar asosida ham bayon tamoyili yotadi. Lekin bu holda baholash miqdoriy ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi.
Ularga quyidagilar kiradi:
Baholarnijamlashusuli. Mutaxassisning baholangan sifatlari ballari yig‘indisi asosida attestatsiya xulosasi chiqariladi.
Belgalanganguruhlarusuli. Attestatsiya qilinayotgan mutaxassislar namoyon etgan sifatlari bo‘yicha guruhchalarga bo‘linadi. Shundan so‘ng bu guruhchalardagi sifati quyi ball bilan baholangan mutaxassislar yuqori ball olgan mutaxassislar bilan almashtiriladi.
Test sinovlari.G‘arb davlatlarida keng tarqalgan usul. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ham keng qo‘llanilmoqda. Bu usulda mutaxassislar test savollari javoblariga qarab attestatsiya qilinadilar.
Baholashningsun’iymiqdoriyusullari. Ularni qo‘llash orqali mutaxassis faoliyatining miqdoriy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida muayyan darajada xolis xulosalar chiqarish mumkin. Bunday usullar guruhiga quyidagilar kiradi:
Tabaqalashtirish usuli.Mutaxassislar sifatlariga qo‘yilgan ballar taqqoslanadi.