barcha zarur savollarga javob olish uchun yetarli darajada vaqt ajratish kerak.
Bulardan tashqari
shuni unutmaslik kerakki, ishga qabul qilinayotgan nomzod topshiriladigan ishni bajarishga yaroqligina bo‘lib qolmay, balki korxonaning boshqa xodimlar bilan chiqishib ketadigan ham bo‘lish kerak. Agar u shu keyingi talabga muvofiq kelmasa, odatda yaxshi mutaxassisning ham bahridan o‘tish kerak.
Ishga qabul qilingan odam o‘z hamkasblariga qo‘shilib ketganda o‘zini o‘z uyidagidek his etishi muhimdir. U o‘z burchlarini qanday eplayotganini diqqat bilan kuzatish,
hamda unga yordam berish kerak, uning yangi joyda o‘zini tutib olishi uchun vaqt kerakligini anglamoq lozim.
Xodimlarni tanlash va ularga adolatli baho berish boshqarishning eng murakkab qirralaridan hisoblanadi. Shu sababli ularni to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yishda zarur mas’uliyat bilan yondoshilmasa ish yakunlari kutilgan samarani bermasligi aniq. Xodimlarni tanlash uslubi qanchalik puxta ishlab chiqilgan bo‘lsa, shunchalik korxonaning mehnat faoliyatida kutilmagan samaradorlikka erishish amaliyotda isbot etilgan.
Xodimlarni tanlashda ularning ko‘p qirrali xislatlarini aniqlash imkonini beruvchi quyidagi
maxsus usullar qo‘llaniladi:
Attestatsiya jarayonida xodimlarni malakasiga, uning bajarayotgan ishiga yoki lavozimiga loyiqligiga xolisona baho berilishi kerak. Attestatsiya qilinayotgan xodimning ishiga baho berishda uning reja topshiriqlarini
bajarishdagi shaxsiy xizmati, mehnat intizomi, o‘z vazifasini sidqi dildan bajarishi kabilar inobatga olinishi zarur. ana