O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Xodimlarni boshqarish tamoyillari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə29/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Xodimlarni boshqarish tamoyillari


Xodimlarni boshqarish ikki guruhdan iborat tamoyillarga asoslanadi.
Har bir tamoyil xodimlarni boshqarishning u yoki bu jihatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Masalan, ilg‘orlik tamoyili korxona doirasidagi boshqaruv tizimining chet el yoki mahalliy ilg‘or korxonalar boshqaruv tizimiga mos keladimi, zamon talabiga javob beradimi yoki yo‘qmi degan savolga javob bersa, muvoziylik tamoyili esa xodimlar boshqaruvidagi tezkorlikni oshiradi va hokazo (3.3-jadval).

3.3-jadval


Xodimlarni boshqarish tamoyillari21

T/r

Xodimlar bilan ishlashning
umumiy tamoyillari

T/r

Xodimlar bilan ishlashning
tashkiliy tamoyillari

1.

Samaradorlik

1.

Konsentratsiya

2.

Ilg‘orlik

2.

Ixtisoslashtirish

3.

Istiqbollilik

3.

Muvoziylik (parallelnost)

4.

Komplekslilik

4.

Ixchamlik (adaptivnost)

5.

Tezkorlik

5.

Izchillik (preestvennost)

6.

Optimallik

6.

Uzluksizlik

7.

Oddiylik

7.

Bir me’yorlilik

8.

Ilmiylilik

8.

Texnologik birlik

9.

Ko‘p bo‘g‘inlilik

9.

Badastirlik (komfortnost)

10.

Avtonomlik

10.

Boshqarishda kollegiallik

11.

Barqarorlik

12.

Ko‘p qirralilik

13.

Rejalilik

14.

Rag‘batlantiruvchi

15.

Tanlash va joy-joyiga qo‘yish

16.

Samarali bandlik



21 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 73-бет.
Korxonada band bo‘lgan barcha xodimlar ikki toifadan iborat: ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar va boshqaruvchilar (rahbarlar, mutaxassis-menejerlar). Xodimlarni, ya’ni inson omilini boshqarish quyidagi jihatlarni boshqarishni o‘z ichiga oladi (6-rasm).

Xodimlarni rejalashtirish








Motivatsiya


Mas’uliyat va vakolat


Ixtiloflar, nizolarni hal qilish



3.1.3-rasm. Mehnat resurslarini boshqarish22


Ishlab chiqarishni boshqarish tizimida mehnat resurslarini boshqarish juda ham murakkabdir. Chunki ishlab chiqarish va boshqarish masalalarining markazida odamlar-ishchilar, mutaxassislar va rahbarlar turadi. Korxona maqsadiga erishish va rejalarning bajarilishi faqat shular ishtirokida bo‘ladi. Inson omilini hisobga olmaslik, insonga bee’tiborlik iqtisodda kamsamaralikka va ishlab chiqarish samaradorligini pasayishiga olib keladi.
Mehnat resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi ishchilar va xodimlarning qobiliyatlarini, yanada jadal va unumli mehnat qilishga qo‘zg‘atishdir.


Inson omiliga e’tibor, odamlarga nisbatan jiddiy, mas’uliyat bilan yondoshish mehnat resurslarini boshqarishning bosh g‘oyasidir.


    1. Xodimlarni rejalashtirish


Xodimlarni rejalashtirish - bu inson omiliga bo‘lgan ehtiyojni oldindan aniqlashdir. Bu jararayon uch bosqichdan iborat (3.4.1-rasm).

1


Mavjud xodimlarni baholash





2


Istiqbolda xodimlarga bo‘lgan talabni
rejalashtirish





3


Xodimlarni rivojlantirish dasturini ishlab
chiqish

3.4.1-rasm. Xodimlarni rejalashtirish23


Mehnat resurslariga bo‘lgan talabni rejalashtirish xodimlarni rejalashtirish jarayonining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, uni tuzishda quyidagi ma’lumotlar asos vazifasini bajaradi:
-mavjud va rejalashtirilayotgan ish joylari;
-tashkiliy va texnik tadbirlar rejasi;

-shtatlar ro‘yxati va bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish rejasi.

3.4.2-rasm. Mehnat resurslariga bo‘lgan talabni rejalashtirish24


Xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirishda mahsulot ishlab chiqarish rejasi, mahsulot birligiga sarflanadigan vaqt normasi va bir




23 Mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan
yilda o‘rnatilgan ish vaqti fondidan foydalaniladi. Amaldagi texnologiya darajasi doirasida xodimlarga bo‘lgan talabni rejalashtirish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Ti =qi * Hi /Bi (3.1)
Bu yerda: Ti - i guruhidagi xodimlarga bo‘lgan talab normasi (kasbi, malaka darajasi);

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin