-Inson resurslarini rejalashtirish
-Shaxsiy qobiliyat va malakani oshirish
-Korxonaning xodimlarga sarflanadigan harajat doirasida xodimlar uchun harajatlarni
rejalashtirish
Xodimlarniboshqarish deganda korxonada band bo‘lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal (mo‘’tadil) faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart- sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.
Bunday boshqaruv funksional va tashkiliy boshqaruvlarga bo‘linadi.
Funksionalboshqaruv deganda bevosita kadrlar masalasiini yechish bilan bog‘liq masalalar, ya’ni kadrlarni tanlash, ishdan bo‘shatish, malakasini oshirish, ish haqi va hokazolar tushuniladi.