O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə23/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Rakker tizimiga muvofiq xodimlarning barchasiga xarajatlar ulushini shartli - sof mahsulot qiymatidagi normativlarga nisbatan
kamaytirganlik uchun jamoa mukofatlari to‘lash nazarda tutiladi.
Bir qator Yevropa mamlakatlarida jamoa tarzida mukofotlashning bir qator ko‘rinishlari tadbiq etilgan bo‘lib, ularga mukofotlarning miqdori mahsulot hajmi va uning sotilishining ortishiga, mehnat unumdorligining o‘sishiga olib keladi. Bu narsa o‘z navbatida korxona xodimlarini keragidan ortiqcha qismi paydo bo‘lishini va ularni ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq qilib qo‘yadi.
Yaponiyada moddiy rag‘batlantirish tizimi G‘arb mamlakatlaridagiga nisbatan boshqacharoq. Yaponiya firmalarida xodim mehnatiga haq to‘lash darajasi uning mehnatga iqtisodiy rag‘bati natijalari bilan bog‘lanmay, balki, bevosita, uning hayotiy ehtiyojlarini qondirish orqali amalga oshiriladi. Ish haqining miqdori “ish kuchini qayta tiklash hayotiy sikli” konsepsiyasi asosida aniqlaniladi, bunda xodim hayotining turli davrlaridagi ehtiyojlari darajasiga asoslaniladi. “Umrbod ish haqi”ning mohiyati shundan iboratki, yapon firmasida faqat mehnatning o‘zigina emas, balki xodimning butun ijodiy imkoniyatlari ham rag‘batlantiriladi.
    1. Zamonaviy mehnat bozori xususiyatlari


G‘arbiy mehnat bozorining prinsipial xususiyatlaridan biri – tadbirkorlik faoliyatining keng tarqalganligidir. Taxminan AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniyada mehnat qiluvchilarning har uninchisi, Yaponiyada – har yettinchisi, Italiyada – har beshinchisi tadbirkor hisoblanadi. Ularning deyarli 3 dan 2 qismi o‘rta va kichik korxonalarni boshqaradi, har to‘rtinchisi esa 20 va undan kam kishi band bo‘lgan ishni olib boradi.
Mehnat resurslarining umumiy malaka darajasi hozirgi kunda shundayki, barcha kasb vakillari tadbirkorlik bilan muvafaqqiyatli shug‘ullanmokda, bu jihatdan ishchi birinchilikka ega. 1990- yilda AQSHda tadbirkorlarning 23 foiz ishchi kasblarga, 18 foiz - boshqaruv faoliyati tadbirlariga, 18 foiz - savdo bilan, 15 foiz - xizmatlar bilan bog‘liq kasblarga, 16 foiz - oliy yoki turli yo‘nalishdagi ilmiy ma’lumotga ega edi, 10 foiz - fermerlik bilan shug‘ullanar edi.
Yana bir muhim jarayon – jamoaviy mulkchilik shakliga
asoslangan korxonalarning ko‘payishi mehnat bozoriga yaxshi ta’sir ko‘rsatmoqda. Amaliyot ko‘rsatishiga bunday korxonalar mahsulot sifati va ishlab chiqarish unumdorligining o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlaridan yuqori natijalarga ega, ishchi va xizmatchilar ishlab chiqarishni takomillashtirishga ko‘proq ishtiyoq bilan qatnashadilar. Shu bilan birga zaruriyat tug‘ilganda ish haqi va ish haftasini vaqtincha uzaytirish holatlariga oson rozi bo‘ladilar. Bunday ishlab chiqarish jamoalari raqobatli kurashda muvaffaqiyatliroq qatnashadi va konyukturaviy bozor tebranishlari davrida mustahkamroq. Qayta malakalash, kasbiy darajani oshirish, shtatni qisqartirish muammolari e’tibor va insoniylik bilan hal qilinadi. Ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash maqsadida qo‘shimcha sexlar, raqobatbardosh sho‘’ba korxonalar yaratiladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin