Gotorntadqiqotlari. 1927-1932 yillar oralig‘ida Sayserodagi (Illinoys shtati) Vestern Elestris kompaniya zavodida motivatsiya sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar mehnat sharoitlari – quruqlik, havo
harorati, ish haqi darajasi va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rganishga qaratilgan edi. Bu sharoitlarning o‘zgarishi kutilgan natijaga olib kelmasligi aniqlandi. Juda keskin o‘zgarishlargina sezilarli natijaga olib keldi, boshqa hollarda kishilar “fizik muhit”ning o‘zgarishlarni inkor qilib, o‘zgarmas sur’at bilan ishlayverdilar.
Olimlar ishchilarni bu o‘zgarishlarga e’tibor bermaslikka yoki ularga moslashishga majbur qilayotgan qarama-qarshi harakatlantiruvchi kuch mavjudligi haqida bosh qotira boshladilar. Keyingi izlanishlar haqiqatan ham shunday motivlashtiruvchi kuch – ijtimoiy tazyiq mavjudligini ko‘rsatdi. Ishchilar o‘zlarining maxsus ish normalarini yoki “to‘g‘ri” ishlab chiqarish miqdorini aniqlovchi xulq-atvor me’yorlarini o‘rnatdilar. Guruhda bu darajani oshirganlar va bu darajani bajara olmaganlar ustidan qulish qabul qilingan edi. Va bunday tazyiq ancha samarali bo‘lib, ishchilar ish haqini o‘stirishdan ko‘ra o‘z hamkasblarning olqishiga erishish haqida ko‘proq qayg‘urar edilar. Gotorn zavoddagi tadqiqotlar norasmiy tashkiliy tuzilma xodimlar uchun rasmiy tuzilma kabi motivlashtirish kuchiga egaligini ko‘rsatdi. Tahlil yana bir muhim xulosani keltirib chiqardi. Ish usullari va uskunalar avvalgi ko‘rinishda qolishiga qaramay tadqiqotlar o‘tkazish davri davomida mehnat unumdorligi 30 foizga o‘sdi. Buning sababi ishchilarga savollar berish orqali ularning fikr-mulohazalarini o‘rganish va berilgan javoblarning e’tiborga olinishiga qaratilgan chora-tadbirlarda qatnashishi degan xulosaga kelindi. Bu fenomen Gotornsamarasi degan nomni oldi. Uning mohiyati shundaki xodimlarga ko‘rsatilayotgan e’tiborning o‘zi ularning mehnat unumdorligini oshiradi.