O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Nаzоrаt vа muhоkаmа uсhun sаvоllаr



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə59/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Nаzоrаt vа muhоkаmа uсhun sаvоllаr


  1. Motivatsiya tushunchasini aytib bering.

  2. Motivatsiyaning boshlang‘ich va klassik nazariyalari. Gotorn tadqiqotlarini izohlang.

  3. Maslouning ehtiyojlar nazariyasi. Motivatorlar va gigiyenik faktorlar nazariyasini asoslang.

  4. Motivatsiya borasidagi zamonaviy muammolar bilasizmi?

  5. Tashkilotda madaniy shart-sharoitlarning o‘zgarishini izohlang.

  6. Xodimlar faoliyat ko‘lamining kengaytirilishi va ish joylarining mukammallashtirilishi qanday amalga oshiriladi.



Таvsiya etilayotgan adabiyotlar


  1. Human Resourse Management. Fefteenth Edition/Robert L.Malthis, John H.Jackson Sean R. Valentine. Patricia A. Megllch 2017.2014 Cengage Learning WCN 02.200.206

  2. Абдураҳмонов Қ.Х., ва бошқалар., Инсон тараққиёти.Дарслик . Т-«Фан ва технология».2014.-234 б

  3. Abdurakhmanov K.Kh. Management of tourism: Tutorial. - Jakarta.: Gundarama Publisher, 2014.-350 с

  4. Карташова Л.В. Управление человеческими ресурсами : Учебник/ Л. В. Карташова. -М.: ИНФРА-М, 2014.-456 с

  5. Круглова Н.Ю. Основы менеджмента: учебное пособие / Н.Ю. Круглова.-М.: КНОРУС, 2014.-421с

  6. Абдурахманов.К.Х.и другие.Человеческое развитие. Учебник. “Фан ва технология”, 2012. – 364 с.

  7. Гимпельсон В.Д. Движение рабочей силы. Учебное пособие. – М.: ИМ ЭМО РАН, 2009. – 457 стр.
  1. BOB. INSON RESURSLARINI BOSHQARISHDA BOSHQARISH VA NAZORAT


    1. Birgalikda boshqarish haqida tushuncha va ishlab chiqarish sharoitida uning ahamiyati

Rivojlangan mamalakatlarda kompaniyalar emas, balki komandalar raqobat qilmoqdalar. Komanda — umumiy maqsad bilan birlashtirilgan, samarali, hamfikr odamlar jamoasidir. Komanda o‘zining mehnat va emotsional hayoti bilan yashaydi. Har bir komandani o‘zining nodir ishlash usullari shakllanadi. Komandada shaxslararo munosabatlar shunday qurilganki, unda mutaxassislar har kuni 24 soatgacha bir-birlari bilan yaqindan, kichik xonada bo‘lsin, ahil, hamkorlikda, muvaffaqiyatli ishlay oladilar. Komandaga g‘ayrat atmosferasi xos.
Komanda - katta va murakkab amali muammolarni yechish maqsadida maxsus tuzilgan, kichik, doimiy rivojlanadigan yuqori malakali mutaxassislar guruhidir. Amerika menejmenti ushbu tushunchani sportdan olgan. Boshqaruvchilik komandasini tashkilida va faoliyatida sport komandasi bilan o‘xshashliklari ko‘p. Masalan, boshqaruvchilik komandasining har bir a’zosi umumiy muammo yechimida bitta aniq vazifani bajaradi va ushbu vazifa uchun yakka o‘zi javob beradi. Yakka mutaxassis sifatida boshqaruvchilik komandaning har bir a’zosi ham sport o‘yinchisi kabi o‘z vazifalarini bajarishda barcha zarur huquqlarga, erkinlikka va mustaqillikka egadir.
Komandada o‘zaro aloqa shunday quriladiki, har qaysi a’zoning xato yoki muvaffaqiyati barcha komanda uchun tezda oshkora bo‘ladi. Har qaysi a’zoning ish natijasi esa (ijobiy yoki salbiy) komandaning umumiy natijaviy ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi va har bir a’zoning farovonligini belgilaydi.
Boshqaruvchilik komandada ierarxik subordinatsiya mavjud emas. Barcha a’zolar sportchilar kabi bir -biri bilan to‘g‘rima-to‘g‘ri o‘zaro munosabat qiladilar. Har bir a’zo o‘zining asosiy vazifasidan tashqari komanda hayotida qandaydir yagona, o‘zining takrorlanmaydigan rolini bajaradi. Misol uchun, birlashtiruvchi roli,
g‘oyalar generatori, axborot beruvchi, ekspert, ishlov beruvchi, yakunlovchi rollar. Komanda ishining samaradorligini aniqlaydigan omil — rollar va vazifalar taqsimotining kontrastligidadir.






Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin