O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


-rasm.Komandatushunchanivata’rifi41



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə60/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

6.1.1-rasm.Komandatushunchanivata’rifi41


Komanda tarkibida fe’li bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan, bir- biriga adovatli qaraydigan kimsalar bo‘lishi mumkin emas. Shunday sig‘ishmaydigan, ziddiyatli kimsalar dastlab bir komandada birlashmaydilar. Komandaning o‘zi nizoli opponentlarni biridan (balki ikkisidan ham) voz kechadi va ajraladi. Aks holda ichki destruktiv janjal va nizolar komandani o‘zini asta-sekin ichidan emirib boradi va ado qiladi.
Komanda har bir a’zosining xulqini va harakatlarini doimiy nazorat qiladi, har bir kimsa nima va qanaqa ish qilishini diqqat bilan kuzatadi, uning ushbu faoliyatini komanda me’yorlari va qadriyatlari bilan solishtiradi va ushbu xulqga o‘zning munosabatini turli usullarda bildiradi. Komanda fikri har bir a’zo uchun muhim. Komanda manfaatlari uning har bir a’zosi uchun o‘z shaxsiy
manfaatlaridan ham yuqoridir. Komanda ruhiy holatining mohiyati uning a’zolarini gomeostatligidadir.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, komandada tadbirkorlik ruhi mavjud bo‘lsa, har bir a’zo qalbida biznesmen bo‘lsa, ushbu komanda uchun muvaffaqiyat ta’minlangandir. Biznes faoliyatida komanda tavakkal qilishi mumkin. Yuqori malakali mutaxassislar muzokaralarining ijodiy ruhi va muammoning yechish uchun butun jamoa ishlab chiqqan qarori har qanday tashabbusning salbiy natijalarini minimumga olib keladi. Komandaning yutuqlarini doim ta’minlaydigan xislat bu -mutaxassislarning KOMPLEMENTALLIGI.
Ko‘p o‘tkazilgan tadqiqlar, yuqori samaradorli komandalarga ko‘pincha quyidagi xususiyatlar xos bo‘lishini ko‘rsatib o‘tdi:

  1. Komanda mustaqilligining yuqori darajaligi.

  2. Komanda katta, muqaddas, yakuniy maqsadni mo‘ljallagan holda ishlashi.

  3. Komanda a’zolarining rol va vazifalari bilan yaxshi balanslashtirilganligi;

  4. Komanda a’zolari bir-biri bilan hamkorlikda ishlashi;

  5. O‘z xatolari asosida o‘rganish, o‘z muvaffaqiyatsizligidan ta’lim olish va rivojlanishga qodirligi;

  6. Komanda faoliyatining yuqori natijaviyligi.





Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin