O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Kadrlarning martaba bo‘yicha ko‘tarilishi va uni



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə63/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Kadrlarning martaba bo‘yicha ko‘tarilishi va uni


rejalashtirish

Ilg‘or korxonalarda xodimning ishdagi o‘sishi uning o‘z vazifalari doirasini qanchalik yaxshi bajarishi va komanda a’zosi sifatida qanchalik muvaffaqiyatli ishlashiga qarab amalga oshiriladi.


Oliy ma’lumotli xodim ishlab chiqarish muammolarini hal qilishda muvaffaqiyatli qatnashish, o‘z malakasini oshirish, keng doirada ixtisoslik va mehnat mahoratlarini egallash uchun oliy ma’lumot
olmagan xodimga qaraganda boshidanoq ancha katta imkoniyatlarga ega.
Shuning uchun yapon firmalarida (va umuman boshqaruv yaxshi tashkil qilingan firmalarda) oliy ma’lumotga ega kishilar boshidanoq bunday ma’lumoti yo‘q kishilardan "yuqori turishi" ajablanarli emas. Bu xizmat bo‘yicha ko‘tarilish tezligida ham, mehnatga haq to‘lanish darajasida ham o‘z aksini topadi. Yaponiyada hozirdanoq umumiy oliy ta’lim joriy qilish masalasi muhokama qilinmokda.
Shunday qilib, xizmat bo‘yicha ko‘tarilish va haq to‘lash ishchining haqiqiy malakasiga asoslanadi, ya’ni xodimning o‘z shaxsiy vazifalarini bajarishga qodirliginigina ko‘rsatuvchi emas, balki o‘z korxonasining ishlab chiqarish va boshqa muammolarini hal qilishda qatnashish qobiliyatini, o‘z kompaniyasi xo‘jalik faoliyatining barcha tomonlarini bilish va tushunib etish qobiliyatini ko‘rsatuvchi malakasiga asoslanadi.
Personalni boshqarish korxona o‘z ishchilari imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish, ularning har biriga o‘sish uchun muhit yaratib berish va xizmat pog‘onasidan muvaffaqiyatli yuksalib borishga sharoit yaratib berishga asoslanadi. Buni ko‘pgina korxonalarning karyerani rejalashtirish va rivojlantirishga turtki bo‘layotganidan ko‘rish mumkin, ya’ni ishchilarga o‘z oldilariga real maqsadlar qo‘yish va o‘z karyerasi mobaynida ularga erishishga yordam beradi.
Karyerani tanlashga ta’sir ko‘rsatadigan omillar ichida karyera bosqichlari, shaxsning professional orientatsiyasi, ko‘nikma va qobilyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin