Professionalorientatsiya – shaxsning nisbatan moyil bo‘lgan qimmatliklar, motivlar, ehtiyojlar majmuasi bo‘lib, bu orqali shaxs karyerasining turini ko‘rsatadi. Dj. Golland oltita asosiy Individual orientatsiyaga ajratadi.
Realistik orientatsiya- ijtimoiy kuch bilan bog‘liq mashg‘ulotlarga moyilligi.
Tadqiqiy orientatsiya- fikrlash,tashkiliy faollik bilan bog‘liq karyeraga moyillik. Biologlar, ximiklar, kollej professorlari.
Ijtimoiy orientatsiya – intellektual yoki jismoniydan ko‘ra ko‘proq shaxslararo muomalaga moyillik. Diplomatik xizmat, ijtimoiy mehnat.
Tashabbuskor orientatsiya – boshqalarga ta’sir o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyat. Menejerlar, advokotlar, kotiblar.
Konvension orientatsiya – tashkiliy, tartibga solingan faoliyatga moyillik. Shuningdek, xodim o‘z ehtiyojlarini tashkilotniki bilan uyg‘unlashishini talab etuvchi kasblar. Bankir, buxgalter.
Ba’zi odamlar birdan ortiq orientatsiyaga ega bo‘lishi mumkin. Sxemadagi orientatsiyalar qanchalik yaqin joylashsa, karyera tanlash bilan bog‘liq muammolar kamroq bo‘ladi.
Karyera muvaffaqiyati nafaqat shaxsning hissiyotlari, balki unda mavjud qobiliyat va amaliy ko‘nikmalariga ham bog‘liq.
Karyerani rejalashtirish maqsadlari uchun shaxsning qobilyatlari odatda maxsus testlardan foydalaniladi. Bunda intellektual, matematik
44 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 146-бет.
qobiliyat, abstrakt fikrlash darajasi, artistik talantlari va boshqalar aniqlanadi.
Mavjud professional ko‘nikmalarni aniqlash uchun ishchi tomonidan bajarilgan bir qancha vazifalarni tahlil qilib chiqish kerak bo‘ladi.