O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə67/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Boshqaruv jarayonlarida muammolarni yechish modellari. Boshqaruv jarayonida muammoni yechishning ikkita asosiy modeli mavjud: Birinchi model nemis sotsiologi Maks Veber kitobida keltirilgan byurokratiya modelidir. Bu model barcha qarorlarni qabul qilinishida zaruriy qoidalar majmuasiga asoslangan. Bu qoidalar universal xarakterli bo‘lib, biror bir real vaziyatga mos kelmaydi. Shuning uchun byurokratiya ommaviy tusga ega emas. Kishi o‘z baholashlarida xoslikka, individual xususiyatlarga ahamiyat beradi. Byurokratiyaga duch kelganda konkretlashtirilgan qarorga intiladi. Biroq ba’zida amaldagi qoida va talablar xususiyatlar hisobga olinmagan qaror variantlarini o‘rnatadi.
Boshqa model – bu qarorlarni personallashtirish modelidir. Uni davolovchi vrach misoliga o‘xshatish mumkin. Muayyan kasalga xos bo‘lgan belgilarga asosan vrach kasalning ahvolini tahlil qiladi, tashhis
qo‘yadi va qaror qabul qiladi. Ikkita aynan bir xil kasal mavjud bo‘lmagani uchun ko‘rsatmalar ham har xil bo‘ladi. Vrachning bilimi va tajribasiga asoslangan muammolarni hal qilishning umumiy metodologiyasi mavjud, xolos. Masalan, xirurgik operatsiya har doim o‘ziga xos bo‘ladi.
Boshqaruv butunlay byurokratik qoidalarga bo‘ysina olmaydi. Xuddi shunday boshqaruv qarorlari ham byurokratik bo‘lmasligi kerak. Ular menejer professionalizmi va uning konkret vaziyatlarini boshqarish mahorati mahsulotidir.
Qaror turlari. Byurokratik tizimda boshqaruv qarorlarini qoidalar asoslab beradi. Bunday sharoitlarda boshqaruv tizimining quyi darajalaridagi ko‘p qarorlar ancha standart va o‘zgarmasdir. Menejer qarorini asoslab beruvchi qoidalar mavjud bo‘lganda, ular uning qaror qabul qilish mas’uliyatini pasaytiradi, muammoni tushunish uchun izlanuvchi yondashuvni talab qilmaydi.
Bunday qarorlar ba’zan dasturiy yoki namunaviy (tipovoy) deyiladi. Ular ko‘rsatma (instruksiya) bo‘yicha qabul qilinadi, menejer faoliyatida albatta, muayyan ulushga ega bo‘ladi.
Menejer boshqaruv qarorini ishlab chiqishda tashqi va ichki muhit ta’siri ostida bo‘ladi. Tashqi muhit – bu xaridorlar, raqobatchilar, siyosiy va umumijtimoiy sharoitlar. Ichki muhit – firma tashkiliy muhiti, personal, texnologiya. Shuningdek, o‘z martabasini o‘stirish imkoniyati, muhim omillarning o‘zaro ta’siri qaror tanlashni aniqlaydi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin