O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə157/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Ma’muriy funksiyalar: xizmat vazifasida ko‘tarish, tushirish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini to‘xtatish. Ma’muriyat ushbu masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishni asoslashi uchun Inson resurslarini faoliyatini baholashi kerak bo‘ladi.
O‘z qobiliyatlarini namoyon qilgan xodimlarni xizmat vazifasida siljitish, bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish imkonini beradi.
Axborot funksiyalari. Faoliyat natijalarini baholash Inson resurslariniga ular ish natijasini ma’lum qilish uchun kerak. Mazkur ish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan taqdirda xodim yaxshi yoki yomon ishlayotganigina emas, balki o‘zini qaysi yo‘nalishda takomillashtirishi zarurligini ham bilib oladi.
Qiziqgirish (motivatsiya) funksiyalari. Bu ma’muriyat qobiliyatli xodimlarni aniqlagach, ularni munosib ravishdataqdirlashi mumkinligi (ish haqini oshirib, yuqori lavozimga ko‘tarib) bilan bog‘liqdir. Faoliyatning yuqori unumdorlik bilan bog‘liq ijobiy tomonlarini
muntazam rag‘batlantirib borish xodimni kelajakda ham samaraliroq mehnat qilishga qiziqtirishning eng ta’sirchan vositasidir.
Inson resurslarini faoliyatini baholash uning faoliyatini taqqoslash uchun standartlar mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Ijro standartlariga ikkita asosiy narsa: “Nima qilindi?” va “Bu qay darajada sifatli ijro etildi?” mezonlarini kiritish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni ijro standartlari topshiriqqanchalik yaxshi bajarilganiga yo‘naltirilgandir. Har bir standart shunday ravshan ta’riflab berilishi kerakki, rahbar ham, xodim ham ijrodan nimani kutish kerakligini va umumiy maqsadga erishish mumkinligini aniqtasavvur etishlari darkor. Ijro standartlari va mehnat vazifalari bir-birlari bilan uzviy bog‘liqlikda bulishlari sababli ular o‘zaro rivojlanishi umume’tirof etiladi. Ijro standartlari ishga talablarni xodim uchun maqbul yoki nomaqbul darajaga o‘tkazadi. Ular “ish tahlili - ijroni baholash” tizimida hal qiluvchi rol’ o‘ynaydi (13.1.2- rasm).




Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin