n bunda: No‘r- attestatsiya qilinayotgan xodimda baholash sifatining namoyon bo‘lishi o‘rtacha bahosi;
N1,5 … N1- attestatsiya qilinayotgan xodimda ekspertlar fikricha, baholash sifatining namoyon bo‘lish darajasi;
n1,5… n0,5- attestatsiya qilinayotgan xodimlarda baholash sifatining namoyon bo‘lishi darajasini bahoning u yoki bu baliga taalluqliligini ko‘rsatgan ekspertlar soni;
n- ekspertlar umumiy soni.
Shundan so‘ng har bir sifat bo‘yicha o‘rtacha ball quyidagicha aniqlanadi:
S=Ao‘rNo‘r (13.3) bunda S - sifat.
Har bir baholash sifati bo‘yicha o‘rtacha ballar qo‘shilib, attestatsiya qilinayotgan xodimning yakuniy bali chiqariladi. Komissiya yakuniy ballni etalon ball bilan taqqoslaydi.
Etalon ballni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi. 10 ta baholash sifatining barchasi bo‘yicha ballar yig‘indisi (10+9+8+7+6+5+4+3+2+1=55) baholash sifatlari namoyonbo‘lishi koeffitsientiga (agar bu sifatlar doimo namoyon
bo‘lgan bo‘lsa - 1,5, ko‘p hollarda namoyon bo‘lgan bo‘lsa - 1,0, ba’zan namoyon bo‘lgan bo‘lsa - 0,5ga) ko‘paytiriladi. Bu quyidagi natijalarni beradi:
1) 55 x 1,5 = 82,5;
2) 55 x 1,0 = 55,0;
3) 55 x 0,5 = 27,5.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, agar xodim bahosi 82,5 balldanyuqori bo‘lsa uni mansab lavozimida ko‘tarish yoki martabasining yuqorilashuvi uchun zaxira tarkibiga qo‘shish, 55 balldan82,5ballgacha bo‘lsa u xizmat vazifasiga loyiq, 27,5balldanpast bo‘lsa xizmat vazifasiga noloyiq, deb topilishi to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi.
Bu usul yana bir - sifat bo‘yicha ekspert baholari asosida Inson resurslarini faoliyati qaysi yo‘nalishlarini takomillashtirish to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qilish mumkinligi bilan ham ahamiyatlidir.
Xodimlar ish samaradorligini anikdash, ular o‘z salohiyatlarini to‘la namoyon qila olishlari, korxonada mehnatni tashkil etishni takomillashtirish maqsadida Insonresurslarinifaoliyatinibaholash kerak. Bu baholash funksiyalariga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: